Labrador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Labrador (maʼnolari)}}
'''Labrador''' — Shim. Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Kanada hududi. Atlantika okeani, Labrador dengizi, San-Lavrentiy qoʻltigʻi, Gudzon qoʻltigʻi va Gudzon boʻgʻozi bilan oʻralgan. Mayd.Maydoni 1,6 mln. km². Tokembriy jinslaridan tashkil topgan. L. geologik jihatdan Kanada qalqonining bir boʻlagi, orografik jihatdan Lavrentiy qirlarinit sharqiy qismi. Tepalik koʻp (bal. 200–800 m), antropogen muzlarining izi saqlangan.
 
Sharqiy qismi balandroq (Torngat togʻi, 1676 m). Markaziy qismining bal. 500–800 m. Iqlimi subarktika va moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi jan.-sharqida —12° dan shim.-gʻar-bda —28° gacha, iyulniki 7—18°. Yillik yogʻin 250–1200&nbsp;mm. L hududining katta qismi toʻng yerlar, koʻl va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari oʻrmon-tundra hamda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tilogʻochli siyrak oʻrmonlardan iborat. Jan.da tayga oʻrmonlari, yaylovlar bor. Foydali qazilmalardan temir, titan va nikel rudalari olinadi. Moʻynali hayvonlar va baliq ovlanadi. Asosiy aholi punktlari: Set-Il, Sheffervill.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==