Lahja: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) using AWB
Qator 1:
'''Lahja''', dialekt — umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. L. bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa L.lariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy L.lar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli L.larida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (mas, oʻzbek tili L. va shevalari), boshqa tillarning L.lari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli L.larda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari L.lari). L. umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy L. farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur L.si — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq L.si — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shim. Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi "j"lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz L.si — Jan. Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va b.boshqalar) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur L.larning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu L.lar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq L.sining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham L.lardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda. Abduvahob Madvaliyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}