Madrigal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Madrigal''' (lot. matricale — ona tilida aytiladigan qoʻshiq) — Uygʻonish davrida dunyoviy vokal musiqaning asosiy janri. Italiya (14-a.) da sheʼriy asar sifatida paydo boʻlgan. 14— 16-a.larda M., odatda, ishqiy, hazil-mutoyiba, afsonaviy va b.boshqa mavzudagi 2—3 ovozli vokal-cholgʻu, bandnaqorat shaklidagi qoʻshiq boʻlib (F. Landino va b.boshqalar), 16-a.dan koʻproq lirik harakterdagi cholgʻular joʻrligisiz ijro etiladigan 4—5 ovozli polifonik musiqa asariga aylangan (A. Villart, Palestrina, O. Lasso va b.boshqalar). Keyinchalik Angliya (T. Morli, J. Uilbi) va Germaniya (G. Shyus va b.boshqalar)da ommalashgan. Yetuk namunalariga (K. Jezualdo, K. Monteverdi) hissiy-ifoda erkinligi, boy musiqiytasviriy vositalar, xilma-xil ohanglar yorqinligi xosdir. 17-a. dan boshlab, M., asosan, ayollarga bagʻishlangan kichik maqtovsheʼriy asar. 1964 y. Moskvada "M." ansambli tashkil etilgan (Oʻzbekistonda ham gastrolda boʻlgan), Buyuk Britaniyada "M. jamiyati" tuzilgan. 20-a.da I. Stravinskiy, B. Martinu, P. Xindemit va b.boshqa kompozitorlarning asarlarida M. anʼanalari tiklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}