Margʻilon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k olchami -> oʻlchami, replaced: xaritasi olchami → xaritasi oʻlchami (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, sh.da → shahrida, y.da → yilda (9), va b. → va boshqa (4) using AWB
Qator 57:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Margʻilon''' — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining jan. qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona sh.danshahridan 10–12&nbsp;km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stansiyasi — Margʻilon (4&nbsp;km). Iyulning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 25—26°, yanv.niki —3,5°. Marg'ilonning jan. chekkasidan Jan. Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 y.dayilda 117 ming , 1939 y.dayilda 46 ming , 1897 y.dayilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va b.boshqa millat vakillari ham yashaydi. M.dan 3–4&nbsp;km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi.
 
M. toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-a.ga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar "Margʻinon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. M. nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar "margʻ" — "maysazor", "oʻtzor"dan deb taxmin qiladilar. M. "murgʻ" va "yunon" soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratniig "Tarixi Fargʻona" qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 y.dayilda asos solingan. Arxeologik topilmalar M. oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-a.da u katta qishloq boʻlganligini, 11 — 12-a.larda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold "Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham M. viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da M. Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, M.da doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 y.dayilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. M.da oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. M. 1876—1926 y.lardayillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.
 
1927 y.dayilda M.da birinchi pillakashlik f-kasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik z-di, taxta tilish sexi, poyabzal f-kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 y.dayilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida "Atlas" firmasi vujudga keldi (1976 y.danyildan "Atlas" i.ch. birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). "Turonshoyi", A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, "Fargʻonasut", yogʻochsozlik korxonalari mavjud. "Doʻstlik— Margʻilon" qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, "Margʻilon" mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, "Istiqbol" gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, "Shoyi" kompaniyasining ipakchilik in-ti faoliyat koʻrsatmoqda.
 
12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, "Nurxon" xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. "Al Hidoya" xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi.
 
M. vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. "Margʻilon haqiqati", "Turon shoyisi" gaz.lari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va b.boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. "Atlaschi" va "Turon" stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui ("Kaptarlik", 18-a. oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-a.ning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-a. boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-a. oxiri) va b.boshqa saqlanib qolgan. M.da buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va b.boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->