Mashinashunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (3) using AWB
Qator 1:
'''Mashinashunoslik''' - mashinalarni yaratish, ulardan samarali foydalanishga doyr nazariy bilimlar va amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; mashinalarning qaysi tarmoqlarga oidligi va qanday vazifani bajarishidan katʼiy nazar mashinasozlikning umumiy masalalari va muammolari boʻyicha i. t. ishlari majmuini qamrab oladi. M. fan va texnika taraqkiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan biri. Asosiy boʻlimlari: materialshunoslik, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashinalar dinamikasi va mustahkamligi (mashina qismlarining dinamikasi va mustahkamligi va koʻtarish xususiyatlarini oʻrganadi, q. [[Mashina detallari]], [[Materiallar qarshiligi]]), ishqalanish va yeyilish nazariyasi (mashina qismlarining oʻzaro taʼsirlashuvi va shaklini oʻzgartirishi, foydali ish koeffitsiyentini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish masalalari bilan shugʻullanadi), mashinasozlik tex-nologiyasi, mashinalarni avtomatik boshqarish nazariyasi.
 
Avtomatika, eromexanika, biomexanika, gidromexanika, gaz dinamikasi, termodinamika, issiklik texnikasi (teplotexnika), kosmik mexanika, elektrotexnika, fizikaviy kimyo, texnikaviy diagnostika va b.boshqa soha hamda tarmoqlarning rivojlanishi M. taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi.
 
Xalq xoʻjaligining turli sohalari va tarmoqlarida M.ning ahamiyati katta. M. turli sohalar uchun avtomatik mashinalar va qurilmalar, vakuumda yuqori reaksiya va b.boshqa omillar taʼsirida ishlaydigan mashinalar yaratishda M.ning nazariy va amaliy tavsiyalari qoʻl kelmoqda. M. taraqqiyoti turli bilim sohalarida koʻpgina muammolarni hal qilishga imkon bermoqda.
 
M. tarixi juda qadimga borib taqaladi. Arximednkpt daryodan suv chiqarish gʻoyasi (q. [[Arximed vin-ti]]), Leonardo da Vinchi tuzgan nazariy loyiha (samolyotning nazariy jihatdan qushga qiyos qilinishi), Ahmad al-Fargʻoniynnt ilmiytexnik jihatdan mukammal suv sathini oʻlchash inshooti, Beruniynnng gidrotexnikaga doyr nazariy gʻoyalari M. fani kurtaklari hisoblanadi. Vaqt oʻtishi bilan M. borgan sari rivojlanib, hozirgi darajaga yetgan.
 
Rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va b.boshqalar)da M. taraqqiyotiga katta ahamiyat beriladi. Oʻzbekistonda ham M. yetakchi fanlar jumlasiga kiradi. Bu yerda M.ga doyr i. t. ishlari deyarli barcha texnika oliy oʻquv yurtlari va universitetlarida, i. t. institutlarida va, asosan, Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, "Kibernetika" i. ch. birlashmasida, Energetika va avtomatika institutida olib borilmoqda.
 
Oʻzbekistonda M. taraqqiyoti X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, V. Q. Qobulov, H. H. Oʻsmonxoʻjayev, A. D. Glushchenko, O. V. Lebedev va b.boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
 
Koʻrqmas Inogʻomov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>