Maʼrifatchilik: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b. → va boshqa using AWB |
||
Qator 1:
'''Maʼrifatchilik''' - madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Maʼri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtai nazardan M.ni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targʻib qilish qad. zamonlarda boshlangan boʻlsada, M. oqim sifatida Gʻarbda 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida, Sharqda esa 19-a.ning oxiri — 20-a. boshlarida maydonga keldi.
Yunonistonda Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel singari faylasuflar, Qad. Xitoyda Konfutsiy, Oʻrta Osiyoda Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy kabi allomalar fanning ulkan ahamiyatini eʼtirof etib, keng targʻib qilganlar. Ularning gʻoyalari tom maʼnodagi M. gʻoyalari edi. M. Gʻarbda ham, Sharqsa ham bir necha umumiy xususiyatga ega boʻlib, diniy aqidapara-stlikka qarshi qaratilgan va turlicha davom etgan. Gʻarb maʼrifatchiligining Volter, Monteskye, Kondilyak, La-metri, Golbax, Didro, Gelvetsii, Mabli, Morelli, Kondorse va
Sharq maʼrifatchiligi umuman dinga qarshi emas, balki diniy aqidaparastlikka qarshi boʻldi. Sharqdagi M.ning yirik namoyandalari Ismoil-bek Gasprinskiy, Zakiy Validiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Fitrat, Munav-varqori, Abdulla Avloniy kabilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, moʻʼtadil dindorlik mavqeidan olib borildi. Ularning kupi dindor, baʼzilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo boʻlgan. Gʻarb maʼrifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrogʻi ostida oʻtdi. 1789 y. Buyuk fransuz inqilobish keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim oʻrin tutadi. Sharq, xususan, Oʻrta Osiyo maʼrifatchilari keskin siyosiy talablarni olgʻa surishmadi. Ular jamiyatni savodli qilish orqali adolatli va farovon turmushga erishmoqchi boʻldilar. Gʻarbda maʼrifatchilar koʻproq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomlari zikr etilgan gʻarblik maʼrifatchilarning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim boʻlib, ularning koʻpchiligi tabiatshunoslik rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan. Sharkda faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sogʻlom fikrga, mantiqqa murojaat qilishdi. Ular xalqni roʻshnolikka chiqarishning asosiy yoʻli — uni savodli qilish, ortiqcha sarfharajatlar talab qiladigan marosimlarga qarshi kurashda deb bilishdi. Shu bilan birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlardan emas, Qurʼon oyatlari va paygʻambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning koʻpchiligi mu-ayyan diniy bilimlarni ham egallagan edi.
Gʻarb maʼrifatchilari cherkov tomonidan taʼqib va tazyiq ostiga olindi. Lekin 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida Yevropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, soʻz erkinligi va vijdon erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. Oʻrta Osiyoda esa 19-a. soʻnggi choragida rivojlana boshlagan M. harakati vakillari koʻplab qurbon berdilar. 20-a. boshida jadidlar harakati (q. [[Jadidchilik]]) ikkiga boʻlinib, aqidaparastlar kuchayib keta boshlagach, maʼrifatchilar koʻp talofat kura boshladilar. Ularning koʻp qismi taʼqib va sazoyi qilindi. 1918—19
Oʻzbekistonda mustaqillik qoʻlga kiritilgach, maʼrifatchilarga istiqlolning maʼnaviynazariy asoschilari deb baho berish ustuvorlik qila boshladi. Aslida rus mustamlakachiligi davrida maʼrifatchilar orasida Rossiya bilan birga rivojlanishni targʻib qiluvchilar oz emasdi. Qanday boʻlmasin, maʼrifatchilar xalqimizning madaniy, maʼnaviy rivojlanish tarixida katta oʻrin tutadi.
Qator 16:
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|