Meva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (10) using AWB
Qator 1:
'''Meba''' (fructus) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar M.si (partenokarp M.) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. M.larning shakli, kattaligi va rangi har xil. M. bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va b.boshqalar) oddiy yoki asl M., bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va b.boshqalar) murakkab M., tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va b.boshqalar) soxta M. deb ataladi.
 
M. 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) M.lar bor. Hoʻl M.lar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va b.boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va b.boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq M. tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq M.lar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va b.boshqalar); pista M.lar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va b.boshqalar); doncha M.lar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va b.boshqalar) va qanotchali M.lar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va b.daboshqalarda). Ochiladigan M.lar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak M. — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok M. — turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha M. — oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak M. — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi. Boʻlinadigan M.lar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va b.ningboshqalarning M.lari). M. tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deb boʻlmaydi. Arman olimi A. L. Taxtajyan M.ni tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp M. va tutashgan meva barglardan tuzilgan senokarp M.ga ajratadi. Senokarp M.ni sinkarp, parakarp valizikarpga ajratdi. Apokarp M. eng soddasi hisoblanadi. M.ning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi. M. shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. M. qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning M.larini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning M.si xoʻjalikka zarar yetkazadi.
 
Qandolatchilik mahsulotlari — shirinliklar, poliz ekinlari va mevali daraxtlar mahsuloti ham M. deyiladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}