Mendel qonunlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: M.q. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), M. q. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 1:
'''Mendel qonunlari''' - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. M.q.Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini oʻzaro chatishtirgan. Olingan duragay avlodlarda ota-ona oʻsimligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon qilishini oʻrgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan. Mendel organizmlarda ular belgilarining irsiylanishini taʼmin etuvchi maxsus irsiy omillar (genlar) mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda boʻladi. Har qaysi irsiy omil dominant yoki retsessiv allel holatda boʻlishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgilarining irsiylanishi va rivojlanishini taʼmin etadi. M.Mendel q.qonunlari [[Mendel kashf etgan uchta qonunni oʻz ichiga oladi]].
 
Birinchi qonun birinchi avlod duragaylarining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha bir xilligi qonuni yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel tajribada qizil gulli (genotipi AA) va oq gulli (genotipi aa) boʻlgan gomozigotali noʻxat navlarini chatishtirib, birinchi avlod (Gʻ,) duragaylarning hammasi bir xil, yaʼni qizil gulli boʻlganligini kuzatdi. Bu holda noʻxat guli qizil fenotiplarning hammasi bir xil — Aa (geterozigota) ge-notipga ega boʻlgan. Qizil rangni belgilovchi gennit oq rang geni ustidan dominantlik qilishi tufayli bu ikki allel geterozigot (Aa) holatida faqat dominant allel fenotipida namoyon boʻladi.
Qator 9:
F2 duragaylari har ikki juft belgilar boʻyicha alohida taxlil qilinsa, u holda sariq va yashil hamda sariq va burishgan urugʻli oʻsimliklar bir xil, yaʼni 3:1 nisbatda hosil boʻlishi aniqlangan. Shunday qilib, 2 juft belgi boʻyicha bir-biridan farq qiladigan diduragay chatishtirishda 2-avlodda har bir juft belgi boshqasidan mustaqil holda irsiylanadi. Shuning uchun ham F2 da ajralish har bir juft belgi boʻyicha 3:1 nisbatda sodir boʻladi. Har xil juft belgilarning irsiylanishini taʼmin etuvchi genlar noallel genlar deb nomlangan.
 
Genetik va sitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida M.q.ningMendel qonunlarining umumbiologik qonunlar ekanligi isbotlandi; irsiyat va irsiylanishning yangi qonunlari kashf etildi; genetikada Mendelning nomi bilan ataladigan taʼlimot — mendelizm shakllandi.
 
Joʻra Musayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 16:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}