Meyoz: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: M. i. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2) using AWB |
||
Qator 1:
'''Meyoz''' (yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2 marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi. Jinsiy koʻpayadigan oʻsimlik va hayvonlar uchun xos (q. [[Jinsiy koʻpayish]]). M. — irsiyat va oʻzgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. M. urugʻ va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermatsit va ovotsitlarning ketma-ket ikki marta boʻlinishi (1- va 2- M.)dan iborat. Har bir M. boʻlinish mitoz singari 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. 1-M. profazasida gomolog xromosomalar konʼyugatsiyasi (oʻzaro chalkashuvi) va krossingover (gomologik xromosomalar oʻxshash qismlari oʻrtasida genlar almashinuvi) sodir boʻladi. Shundan soʻng mitoz pro-fazasidagi singari xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, boʻlinish duki hosil boʻladi. 1-M. metafazasida gomologik xromosomalar bir-biridan ajraladi va axromatin ipchalarga ilashib qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. 1-M. telofazasida xromosomalar spirali yoyiladi; yadro membranasi va yadrocha shakllanadi; hujayra boʻlinib, xromosomalarning gaploid toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar hosil boʻladi. 1-M. boʻlinishdan soʻng hosil boʻlgan hujayralardagi xromosomalarning har qaysisi 2 tadan xromatidga ega boʻladi. Hujayralar 2-M. ga kirishishidan oldin interfaza boʻlmaganligi tufayli xromosomalar soni oshmaydi. Qisqa interfazadan soʻng hujayralarning 2-M. boʻlinishi boshlanadi. 2-M. ham 4 ta fazadan iborat. 2-M. telofazasida DNK yangi hosil boʻlgan hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanganidan xromosomalar soni 2 hissa kamayadi. Xromosomalar sonining 2 hissa kamayishi bilan poyoniga yetadigan bu jarayon reduk-sion boʻlinish deyiladi. Organizmlar hayot siklida (q. [[Hayot sikli]]) 3 xil M. kuzatiladi. Odam, barcha koʻp hujayrali hayvonlar va ayrim tuban oʻsimliklar jinsiy organlarida (q. [[Urugʻdon]], [[Tuxumdon]]) boradigan gametali, yaʼni terminal (uchki) M.da gametalar hosil boʻladi (q. [[Gametogenez]]). Urugʻ hujayralarning hosil boʻlishi spermatogenez, tuxum hujayralarning hosil boʻlishi ovogenez deyiladi. Koʻpchilik zamburugʻlar va suvoʻtlarda urugʻlangan tuxum hujayralanib boʻlinib, gaploid zoosporalar hosil qilishi zigota
...MEYSTER (nem. Meister — usta) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlar, mansab va unvonlarning tarkibiy qismi boʻlib, biror sohaning ustasi, mutaxassisi degan maʼnoni ifodalaydi (mas, baletmeyster, grossmeyster).
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{no iwiki}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|