Ming bir kecha: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: M.b. → {{subst:FULLPAGENAME}} (8), y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
"MING BIR KECHA" (arab. "Alif layla va layla") — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-a.da arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-a.larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, "M.b.kMing bir kechak." toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-eron, oʻrta davrga mansub Bagʻdod va soʻnggi davrga mansub Misr ertaklari. "M.b.kMing bir kechak."ning eng qad. asosi hind-eron ertaklaridan iborat eroncha "Hazor afsona" ("Ming ertak") toʻplami boʻlib, u 8-a.da fors tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Oʻsha davrdayoq "Ming kecha" nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq.
 
Arab olimi Ibn an-Nadimning yozishicha, bagʻdodlik adib al-Jahshiyoriy (942 y. v.e.) mazkur "Hazor afsona"ga oʻxshatib "Ming kecha" nomli ertaklar toʻplamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta toʻplagan paytda vafot etgan. 9— 10-a.larga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-a.larda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "M.b.kMing bir kechak." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-a.da asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).
 
"M.b.kMing bir kechak." asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi bilan uzviy bogʻliq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Sharq xalqlarining urf-odatlari, orzu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochkoʻzlik, maishiy buzuklik, johillik kabi illatlar qoralanib, poklik, rostgoʻylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulugʻlangan.
 
"M.b.kMing bir kechak." kompozitsiyasi "ertak ichida ertak" tarzida tuzilgan boʻlib, undagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar bilan oʻrab olingan. Malikaning xiyonatidan gʻazablangan Shaxriyor har kecha yotogʻiga yangi maʼshuqa keltirishni buyuradi va ertalab uni qatl ettiradi. Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon toʻkilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joyiga kelganda, tong otib, hikoya aytishni toʻxtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha oʻtadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi.
 
"M.b.kMing bir kechak." ning jahon kutubxonalarida 40 ga yaqin qoʻlyozmalari bor. Asarning birinchi, toʻla boʻlmagan fransuzcha tarjimasi (A. Gallan) 1704—17 y.lardayillarda nashr etilgan. Uning matnidan boshqa koʻplab yevropa tillariga ham tarjima qilingan. 1911 y. Sidqiy Xondayliqiy forscha matnidan, bir yildan keyin (1912 y.) Ahror Mahdum arabchadan oʻzbekchaga qisqartirilgan holda tarjima qilgan. "M.b.kMing bir kechak." 1959— 63 y.lardayillarda arab tilidan oʻzbek tiliga toʻla tarjima etildi.
 
"M.b.kMing bir kechak." hikoyalari Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlarining ogʻzaki ijodiga, shuningdek, jahondagi koʻpgina xalqlarning yozma adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan (mas, moʻgʻullarning "Ming bir oqshom", peruliklarning "Ming bir soat", tatarlarning "Ming bir chorak soat", suriyaliklarning "Besh yuz yarim tong va b.boshqa"). Tasviriy sanʼat va musiqada ham shu mavzuda asarlar yaratilgan (Eron miniatyuralari; N. A. Rimskiy-Korsakovning "Shaxrizoda" simfonik syuitasi va b.boshqalar), filmlar ishlangan: "Bagʻdodlik oʻgʻri" (1924, AQSH), "Alouddinning sehrli chirogʻi" (1967, Rossiya), "Alibobo va qirq qaroqchi" (1979, Oʻzbekiston va Hindiston ijodkorlari hamkorligida), "Shahrizodaning yana bir kechasi" ("Tojikfilm", 1985), "Muhabbat va qaygʻu yulduzi" ("Oʻzbekfilm", 1986) va b.boshqa Matnlar: Kniga tisyachi i odnoy nochi, v 8tomax [pod redaksiyey akad. I. Yu. Krachkov-skogo], M. L., 1929-30; Ming bir kecha, 1 — 8 j.lar, T., 1959-63.
 
== Adabiyot ==
Qator 19:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}