Molekulyar biologiya — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
(Vikilashtirish)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB)
 
'''Molekulyar biologiya''' - hayotning asosiy xususiyatlari namoyon boʻlishini molekulyar darajada oʻrganadigan fan. Molekulyar biologiyaning muhim yoʻnalishlariga [[Irsiyat|irsiy]] axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish ([[molekulyar genetika]]), viruslarning hujayra bilan oʻzaro taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish ([[molekulyar virusologiya]], organizmning immun reaksiyalari qonuniyatlarini aniqlash ([[molekulyar immunologiya]]), energiyaning hosil boʻlishi va oʻzgarishining molekulyar asoslari ([[molekulyar bioenergetika]]) va boshqalar kiradi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni [[makromolekula]]lar, yaʼni [[oqsil]] va [[nuklein kislotalar]] yoki juda sodda tuzilishga ega boʻlgan xayotiy obʼyektlar — hujayra komponentlari, yaʼni [[mitoxondriy]], [[xloroplast]], [[ribosoma]], [[yadro]], [[Hujayra membranasi|hujayra membranalari]], [[virus]]lar va [[prion]]lar darajasida tekshiradi.
 
Molekulyar biologiya 20-asrning 50-yillarida [[biokimyo]] fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya terminini birinchi marta ingliz olimi U. Astberi qoʻllagan. Molekulyar biologiyaning vujudga kelishi koʻpincha F. Krik va J. Uotson tomonidan 1953 yilda [[DNK]] molekulasi gipotetik modelining kashf etilishi bilan bogʻlanadi. Bu modelda DNK ning biologik funksiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, DNK molekulasi oʻzida irsiy axborotni saklashi haqidagi dastlabki maʼlumot 1944 yilda O. Everi va uning xodimlari tomonidan aniqlangan. Molekulyar biologiyaning shakllanishida [[genetika]], [[mikrobiologiya]], [[virusologiya]] sohasidagi tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shu bilan birga aniq fanlar — [[fizika]], [[kimyo]], [[matematika]], [[kristallografiya]] va, ayniqsa, [[rentgen]] struktura taxlili boʻyicha erishilgan yutuqlar molekulyar biologiyaning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Molekulyar biologiya sohasidagi kashfiyotlarga ayrim oqsillarning strukturaviy tuzilishi va ular bajaradigan funksiyasi bilan strukturasi oʻrtasidagi bogʻlanishning aniqlanishi (M. Peruts, J. Kendryu, F. Senger, K. Ani-fensen, Yu. Ovchinnikov va b.boshqalar); nuklein kislotalar va ribosomalarning tuzilishi hamda biologik funksiyalari mexanizmlarning oʻrganilishi (J. Uotson, F. Krik, R. Xolli, N. A. Belozerskiy, A. Bayev), qaytar transkriptaza fermentining kashf etilishi (X. Temin, D. Baltimor), genetik kodning maʼnosi ochib berilishi (M. Nirenberg , S. Ochoa), oqsil biosintezining asosiy boskichlari (F. Krik, F. Jakob, J. Mono, A. Spirin) va nuklein kislotalarning hosil boʻlish mexanizmlari aniqlanishi (A. Korenberg , S. Ochoa), viruslarning strukturaviy tuzilishi va ular replikatsiyasi mexanizmlari hamda genetik muhandislik metodlarining ishlab chiqilishi (P. Berg , V. Arber, G. O. Smit, D. Natane), genning sintezlanishi (X. Korana), prionlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari aniqlanishi (S. Prusner), odam genomining toʻliq oʻrganilishi va embrional oʻq hujayralarining kashf etilishi (M. Evene, J. Tompson, J. Bekker) misol boʻla oladi.
 
Oʻzbekistonda Molekulyar biologiyaning rivojlanishi oʻtgan ayerning 60-y.larigayillariga toʻgʻri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar bilan chambarchas bogʻliq. Molekulyar biologiya fan sifatida dastlab hozirgi OʻzMU ning biokimyo kafedrasida 1966 y.danyildan oʻqitila boshlandi (Yo. Toʻraqulov).
 
Molekulyar biologiya soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari [[Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti]] faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada erishilgan yutuklarga olimlarimizdan [[Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich|Y. Toʻraqulov]], A. Ibragimov, T. Soashov, B. Tosh-muhamedov, A. Abdukarimov, M. Raximov, Sh. Solihov, Sh. Azimova, T. Yusupov, O. Odilova va b. katta hissa qoʻshgan. Molekulyar biologiya [[qishloq xoʻjaligi]]da (koʻp mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va oʻsimliklarning irsiy apparatni boshqarish va yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati (biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakteriyalar yordamida sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunologiya)npnt nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi davrda molekulyar biologiya oldida xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar muammolarini oʻrganish, ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar taʼsirining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, xotira mexanizmi va nerv jarayonlari tabiatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. Molekulyar biologiya [[biokimyo]], [[biofizika]], [[bioorganik kimyo]] va [[biotexnologiya]] bilan birga biologiyaning bitta umumiy yoʻnalishi boʻlgan fizik-kimyoviy biologiyaga kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Molekulyar biologiya soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari [[Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti]] faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada erishilgan yutuklarga olimlarimizdan [[Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich|Y. Toʻraqulov]], A. Ibragimov, T. Soashov, B. Tosh-muhamedov, A. Abdukarimov, M. Raximov, Sh. Solihov, Sh. Azimova, T. Yusupov, O. Odilova va b.boshqa katta hissa qoʻshgan. Molekulyar biologiya [[qishloq xoʻjaligi]]da (koʻp mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va oʻsimliklarning irsiy apparatni boshqarish va yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati (biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakteriyalar yordamida sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunologiya)npnt nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi davrda molekulyar biologiya oldida xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar muammolarini oʻrganish, ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar taʼsirining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, xotira mexanizmi va nerv jarayonlari tabiatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. Molekulyar biologiya [[biokimyo]], [[biofizika]], [[bioorganik kimyo]] va [[biotexnologiya]] bilan birga biologiyaning bitta umumiy yoʻnalishi boʻlgan fizik-kimyoviy biologiyaga kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==
* Toʻraqulov Yo., Molekulyar biologiya, T., 1994;
* Spirin A., Molekulyarnaya biologiya, M., 1986;
* Albertes T. va b.boshqa, Molekulyarnaya biologiya kletki, M., 1—5 t., 1987;
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir