'''Musiqa maktablari''', bolalar musiqa maktablari — boshlangʻich musiqa taʼlimini beruvchi maxsus oʻquv yurtlari. M.m.gaMusiqa maktablariga asosan umumtaʼlim maktablarida oʻqiydigan isteʼdodli bolalar va oʻsmirlar qabul qilinadi. M.m.daMusiqa maktablarida musiqa cholgu asboblari (fortepiano, skripka, violonchel, truba, klarnet, akkordeon va b.boshqa, oʻzbek xalq cholgularidan — doyra, qashqar rubobi, dutor, gʻijjak, chang , nay va b.boshqalar)da chalish oʻrgatiladi; musiqa savodi va elementar musiqa nazariyasi, solfejio, musiqa adabiyoti, xor qoʻshiqchiligi boʻyicha taʼlim beriladi. Oʻqish muddati 5 (xalq, urma va puflama chol-gʻulari boʻlimlarida) va 7 (Yevropa cholgu asboblari boʻlimida) yil. Oʻzbekistonda M.m.Musiqa maktablari 20-a.da tashkil qilingan. Turkiston xalq konservatoriyasi (Toshkent, 1918), Xalq konservatoriyalari (Samarqand, Fargʻona, 1919)da talabalarga 1-bosqich musiqa taʼlimi berilgan. 1920 y. Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochilib, unda Shashmaqom uslublari oʻrgatilgan. Hozirda Oʻzbekistonda 300 dan ortiq 7 yillik M.m.Musiqa maktablari mavjud. Ulardan tashqari Toshkentda Glier nomidagi, V. Uspenskiy nomidagi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Respublika maxsus musika akademik litseylari, Respublika puflama va urma cholgʻu sozandalari tarbiyalovchi, shuningdek, Andijon, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona sh. musika internat maktablari mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{no iwiki}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|