Navoiy teatri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: N. t. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar (8), va b.ning → va boshqalarning, va B. → va boshqa (7) using AWB
Qator 1:
'''Navoiy teatri''', Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri — opera va balet sanʼati sohasidagi Oʻzbekistonning asosiy teatri. Uning tashkil topishi Muhiddin Qoriyoqubovning Oʻzbek davlat konsertetnografik ansambli bilan bogʻliq. Mazkur ansambl 1929 y. Qoriyoqubov va Tamaraxonim saʼy-harakati bilan Oʻzbek davlat musiqali teatriga aylantirilgan. "Halima", "Farhod va Shirin" spektakllari xalq cholgʻulari joʻrligida ijro etilgan. 30-y.lardayillarda "Ichkarida", "Layli va Majnun", "Poʻrtana" spektakllarida xalq cholgʻu asboblariga simfonik orkestr sozlari qoʻshilib, oʻzbek operasining yaratilishiga zamin tayyorlangan. Qozogʻistonlik kompozitor Ye. Brusilovskiyning "ErTargʻin" (1937) va Ozarbayjon kompozitori M. Magomayevning "Nargiz" (1938) operalarining sahnalashtirilishi ham truppani opera sanʼatini oʻzlashtirishida muhim rol oʻynadi. 1939 y. 11 iyunda birinchi oʻzbek operasi "Boʻron" (S. Vasilenko va M. Ashrafiy musiqasi, K. Yashin librettosi) namoyish qilindi. 1939 y. 20 iyunda teatr Oʻzbek davlat opera va balet teatriga aylantirildi. Teatr jamoasi "Boʻron"da erishgan yutugʻini R. Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun" operasi bilan mustahkamladi. 1941 y. Fargʻona kanali quruvchilariga bagʻishlangan "Ulugʻ kanal" (S. Vasilenko va M. Ashrafiy ) operasi (1940) sahnalashtirildi. "Ulugʻbek" (A. Kozlovskiy), "Mahmud Torobiy" (O. Chishko) operalari urush yillari yaratildi. Opera bilan bir katorda oʻzbek baleti ham yetilib bordi. 1933 y.dayilda "Paxta" (N. Roslavets) baleti sahnalashtirildi, biroq muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dastlabki muvaffaqiyat F. Talning "Shoxida" (1939) baletidan boshlandi. U ni A. Tomskiy, M. Turgʻunboyeva va Us t a Olim Komilovlar sahnalashtirdilar. Keyinchalik "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Oq bilak" (S. Vasilenko) baletlari qoʻyildi. Jahon mumtoz repertuaridan "Karmen" (J. Bize), "Kargʻa motkasi" (P. Chaykovskiy) kabi operalar bilan birga "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafyev), "Koppeliya" (L. Delib) baletlari sahnalashtirildi.
 
Teatr jamoasi 1947 y. yangi binoga koʻchib oʻtdi va 1948 y. Toshkent rus opera teatri bilan birlashib, Alisher Navoiy nomini oldi. R. Glier va T. Sodiqovning "Gulsara", T. Jalilov va B.boshqa Brovsinning "Tohir va Zuhra" operalari, M. Leviyevning "Suxayl va Mehri", G. Mushelning "Raqqosa" baletlari yangi bino sahnasida namoyish etildi. Ilk bor oʻzbek tilida P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin" operasi, L. Minkusning "Don Kixot", R. Glierning "Kizil gul" baletlari 40-y.larningyillarning oxirida sahna yuzini koʻrdi. 50—60-y.laryillar teatr faoliyatida keskin burilish yasaldi, teatr yangi opera xonandalari va balet artistlari bilan toʻldirildi. Unga 1959 y.dayilda "Akademik", 1966 y.dayilda "Katta teatr" unvonlari berildi. 1950—60 va keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlarning aksariyati tomoshabinlarga estetik zavq bagʻishlay oladigan milliy uslub va ifodaviy vositalar, ohang va shakllar bilan boyitildi, xalq musiqasi intonatsiyalaridan ijodiy foydalanildi. "Dilorom", "Shoir qalbi" (M. Ashrafiy), "Zaynab va Omon" (T. Sodiqov, B. Zeydman, Yu. Rajabiy, D. Zokirov), "Maysaraning ishi" (S. Yudakov), "Hamza" (S. Boboyev), "Soʻgʻd elining koploni" (Ikr. Akbarov), "Petr I" (P. Petrov), "Olovli farishta" (S. Prokofyev), "Porgi va Bess" (J. Gershvin) kabi operalar, "Orzu" (Ikr. Akbarov), "Oltin kalitcha" (B. Zeydman), "Sevgi tumori" (M. Ashrafiy), "Qirq qiz" (A. Feygin), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Karmen syuita" (J. Bize — R. Shchedrin), "Ikki dil dostoni" (O. Melikov), "Maskarad" (V. Laputin), "Yetti goʻzal" (Q. Korayev) singari baletlar, shuningdek, mumtoz kompozitorlardan L. Delib, M. Musorgskiy,A. Borodin, N. Rimskiykorsakov, P. Chaykovskiy, J. Verdi, A. Atsan, Sh. Guno,B. Motsart, J. Puchchini va b.ningboshqalarning asarlari bilan teatr mavqei koʻtarildi. Ijrochilik sanʼati ham shu yillar yuksaldi, orkestr mahorati, xor, kordebalet madaniyati oʻsdi, opera rej.lari, baletmeyster, xormeyster va dirijyorlar sanʼatida katta yutuklarga erishildi.
 
Teatr jamoasi Rossiya, Hindiston, Germaniya, Singapur, Malayziya, Yaponiya, Tailand kabi oʻnlab mamlakatlarda bir necha bor gastrolda boʻlgan. Oʻz navbatida N.Navoiy t.teatri sahnasida Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining yetakchi yakkaxon xonanda, balet ustalari va dirijyorlar oʻz sanʼatlarini namoyish qildi.
 
Mustaqillik yillarida teatr rivojini yuksak darajaga koʻtarish, milliy opera va balet spektakllari yaratishga jiddiy eʼtibor berildi. 1991—2003 y.laryillar mobaynida "Malikai ayyor" (S.Jalil), "Umar Xayyom", "Axmad alFargʻoniy" (M. Bafoyev), "Taxtga yoʻl" (N. Zokirov), "Amir Temur" (G. Gendel), "Buyuk Temur" (A. Ikromov) operalari, "Shoirona miniatyuralar" (U. Musayev), "Nasriddinning qilmishlari" (S. Yudakov), "Ming bir kecha" (F. Amirov) kabi baletlar sahnalashtirildi. Teatr repertuaridan oʻnlab mumtoz opera va balet asarlari ham oʻrin oldi. Teatrda turli yillarda M. Ashrafiy, B. Inoyatov, F. Shamsiddinov, N. Goldman, X. Shamsiddinov, Gʻ. Toʻlaganov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova singari dirijyorlar, 3. K,o-bulov, M. Tojizoda, M. Muhamedov, E. . Yungvald— Xilkevich, A. Mirolimbo-yeva, F. Safarov kabi rej.lar, Tamaraxonim, M. Turgʻunboyeva, V. Gubskaya, G. Izmaylova, Ye. Baranovskiy, P. Yorkin, M. Makaryans, I.Yusupov va b.boshqa baletmeysterlar, M. Musayev, R. Brim, M. Gvozdikov va b.boshqa rassomlar, M. Qoriyoqubov, H.Nosirova, B. Mirzayev, K. Zokirov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Azimov, N. Ahmedova, S. Krbulova, S. Yarashev, V. Grinchenko, R. Laut, S. Benyaminov, M. Dovidov, J. Nizomxoʻjayev, E. Yoʻldoshev, I. Jalilov, B. Qoriyeva, 3. Davletmurodova, V. Vasilyev, I. Kistanov kabi sanʼatkorlar ijod kilishgan. K. Muhiddi-nov, M. Razzokova, R. Latipov, G. Ham-royeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar O. Aleksandrova, G. Azizova, D. Yoqubova, V. Gellertov, A. Shalberkin, N. Shilova, T. Muhamedova, N. Hasanova va b.boshqa teatrning hozirgi kundagi yetakchi opera va balet ijrochilaridir. Teatrning bosh dirijyori — F. Yoqubjonov, bosh baletmeysteri — I. Yusupov, bosh xormeysteri — S. Shodmonov, bosh rassom — 3. Botirov, badiiy rahbar — A. Ergashev. Hoz.Hozirgi repertuarida 50 ga yaqin spektakl mavjud.
 
Teatr binosi 1947 y.dayilda kurib bitkazilgan (meʼmor A. Shchusev loyihasi asosida). Bino bezagida T. Arslonqulov, A. Boltayev, Q. Jalilov, S. Norqoʻziyev, Us t a Shirin Murodov, Jalil va Bolta Joʻrayevlar (Davlat mukofoti, 1948) va b.boshqa qatnashgan. Bino tarzi va interyerini bezashda milliy meʼmorlik anʼanalaridan foydalanilgan. Devorlarida Ch. Ahmarov (Davlat — mukofoti, 1948) ning A. Navoiy asarlariga ishlagan miniatyuralari aks etgan. Bino tarzlari peshayvon shaklida ravoqlar (3 old, 2 yon tomonlaridagi ravoqlar 9 ta) qatoridan iborat. Foye, tomosha zali, sahna va b.boshqa 3 qavatga joylashgan. Bezaklarida Buxoro meʼmorlik maktabining ganchkori bezaklari; toshkentlik ustalarning namoyon va ravoqlari, guldasta bezaklari; xivalik ustalarning ganchkori, marmar, naqsh, yogʻoch oʻymakorligidagi oʻziga xos uslublari; samarqandlik ustalarning boʻrtma, muqarnasli jozibador lavhalari, fargʻonalik ustalarning oʻsimliksimon bezaklari; termizlik ustalarning unutilib ketgan mayda davra va jingalak tasvirli oʻymasi yangidan jonlantirilgan. Binoning pastki zalidagi devoriy rasmlarda musiqa, raqs sheʼriyat va rassomlikni ifodalovchi majoziy obrazlar (goʻzal ayollar) tasvirlangan. Oʻ. Tansiqboyev, M. Arinin, K. Cheprakov va b.boshqa bino foyelarida qoʻshimcha devoriy rasmlar ishlaganlar. Tomosha zali 760 oʻrinli.
 
Mamajon Rahmonov, Irina Koptelova<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 14:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}