Lutfulla Nazrullayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB
Qator 1:
'''Nazrullayev Lutfulla''' (1903.15.7, Buxoro — 1962.27.12, Toshkent) — teatr aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1945). Moskva oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1924—27). Dastlab Buxoro teatrida ishlagan(1921 -24). 1927 y.danyildan Hamza teatrida ishlagan. Xolmat ("Boy ila xizmatchi"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Dadavoy ("Navbahor"), Rahimjon ("Shohi soʻzana"), Poloniy ("Gamlet"), Yegor ("Yegor Bulichyov va boshqalar"), Estevan ("Qoʻzibuloq qishlogi"), Gornostayev ("Lyubov Yarovaya") kabi rang-barang va toʻlaqonli sahnaviy obrazlar yaratib, oʻzbek aktyorlik maktabining shakllanishiga munosib hissa qoʻshdi. N. oʻzbek teatrida birinchi boʻlib, Husayn Boyqaro siymosini butun murakkabligi bilan gavdalantirgan. "Alisher Navoiy" filmida esa Us t a Jaloliddin obrazini yaratdi. Qanday rol uynamasin, N. ovozi, yuz ifodalari, tana harakatlaridan unumli foydalanib, Uz qahramonlarining avvalambor insoniy mohiyatini, feʼlatvori-ni, kayfiyatini ifoda qilishga intilgan. U, ayniqsa, kulgili va hajviy obrazlar ustasi boʻlgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==