Neft: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k →‎Adabiyot: vikifik
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), hoz. → hozirgi, mayd. → maydoni, y.da → yilda (7), va b. → va boshqa using AWB
Qator 7:
N. oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
 
N. kora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan N.lar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir N. hisoblanadi. Qaynash t-rasitemperaturasi 28° dan yukrri. Qotish t-rasitemperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi krvushokligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.
 
N. tarkibida parafin, naften va aro-matik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar —naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va b.boshqa mavjud. N. tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.
 
Baʼzi olimlar N.ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu hakda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) N. yer kaʼrida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.
Qator 15:
20-a. boshlarida esa N. hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan N. uzviy alo-qada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, N. koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib N. hosil boʻlishi lab. sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da jarayon yanada tezlashib, N. hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.
 
N.li qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. N.li qatlamlar mayd.maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha N.li katlam mavjud boʻlishi mumkin.
 
N. juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi N. va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hoz.hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda N. ishlatganliklari qayd etilgan. N. kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda N.dan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, mil. av. 331 y. N.dan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum.
 
N. chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Mil. av. Kissiyada N. quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada N. ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor N.ni yigʻib olganlar. 15-a.da Italiyada N.li qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib N. olingan. 1868 y.dayilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan N. yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa N. yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-a.da Bokuda quduqlardan N. chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuq. 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.
 
Oʻzbekistonda N. chiqarish 1876 y.danyildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-a.ning 80-y.lariyillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha N. chiqarilgan.
 
19-a.ning 60-y.laridanyillaridan N. burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 y.dayilda AQShda birinchi marta N. mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 y.lardayillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. N.ni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-a.ning 30-y.larigayillariga kelib ancha takomillashdi.
 
N. chiqarish uchun N. atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi N. quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich N. zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, ta-shqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan N.ning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada N.ning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin N. kompressor yordamida chikariladi.