Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (2), sh.da → shahrida, va b. → va boshqa (6) using AWB
Qator 5:
'''Non''' — qadim-qadimdan ulugʻlanib, insonning kundalik isteʼmolida muqaddas, aziz hisoblangan neʼmat. Turli taomlarga qoʻshib yoki oʻzi yeyiladi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bo-shokli oʻsimliklar donlarini pishirib isteʼmol qilish mil.dan 10—15 ming yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Bu davrlarda olov kashf qilingan boʻlib, donni pishirib yeyishga imkoniyat tugʻilgan. Dastlab, boshoq choʻgʻda dumbul qilinib, soʻng boshoq ichida qovurilib, pishgan don uqalanib, isteʼmol qilingan. N.ga "Avesto"sya deyarli bir bob bagʻishlangan, dehqonchilikning eng qimmatbaho mahsuli sifatida taʼriflangan.
 
Yorgʻuchoq paydo boʻlishi bilan donni tosh orasida maydalab yorma holatida isteʼmol qilish oʻrniga gʻalladan un tayyorlash va hamir qorib, qizitilgan tosh ustida yoki qoʻrga koʻmib N. pishirishga oʻtildi. Hamirturush kashf etilishi hamda oʻchoq, tandir, tova va b.boshqa N. pishirish vositalarining yaratilishi va takomili bilan tortilgan undan N. tayyorlash yangi, hoz.hozirgi zamonga qadar davom etib kelayotgan bosqichga koʻtarildi. Eng muhimi, hamirturush bilan koʻpchitilgan hamirdan pishirilgan N. issiqlikda va oʻz bugʻida pishadi, pishgan N.da juda koʻp mayda gʻovaklar hosil boʻladi. N.ning gʻovakdor boʻlishi uning orga-nizmda hazm boʻlishini osonlashtiradi. Bugʻdoy unidan tayyorlanadigan N.ning kimyoviy tarkibida, asosan, 30—35% oqsil, 60—70% uglevodlar, kletchatka, vitaminlar V , V,, RR, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va b.boshqa modsalar bor.
 
Yirik shaharlarning paydo boʻlishi, sanoatning taraqqiy qilishi N. ishlab chiqarishni keng koʻlamda tashkil etishni taqozo etdi. Natijada N. mah-sulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar — z-dlar, k-tlar yaratildi, ularning texnologik jarayonlari yuzaga keldi, non [[sanoati]] paydo boʻldi. Hoz.Hozirgi paytda har bir mamlakatda aholining tarixiy maʼnaviyati negizida paydo boʻlgan N. mahsulotlarining turli xillari ishlab chiqariladi.
 
Oʻzbekistonda (umuman, Oʻrta Osiyoning oʻtroq aholisi oʻrtasida) N. pishirish (yopish) usulining har xil turlari mavjud boʻlgan. Shunga koʻra, tandir N., tova N., gaz-pech N.i va b.boshqa, un tortilgan gʻallaga qarab bugʻdoy N.i, arpa N.i, makkajoʻxori va oq joʻxori N.i va b.boshqa turlarga boʻlinadi.
 
Oʻzbek pazandachiligida tayyorlash tex-nologiyasiga karab obi N., gijda N., patir N., shirmoy N. turlaridan ibo-rat (baʼzan lochira N. ham alohida texnologik turga kiritiladi; q. [[Lochira]]). Obi N. (fors.-toj. — suvli non degan maʼnoni bildiradi) tayyorlashda, aso-san, hamir bugʻdoy uni, hamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi. Obi N.da hamirning nisbatan boʻshroq boʻlishi, zuvalaning kichikligi (200 g atrofida) harakterlidir. [[Gijda]] usulidaham hamir bugʻdoy uni, hamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi, soʻngra uzoq iylanadi. [[Gijda]]da hamir qattiqroq boʻladi va N. qalin qilib yasaladi (q. [[Gijda]]).
Qator 15:
Tandirga yopishda har bir N. orkasiga namakob sepiladi. Tandirdagi choʻgʻ oʻrtaga 6, 7 — Samarqand nonlari; 4 — Fargʻona -14— Toshkent nonlari (patir, goʻshtli non, uyulib, ustiga kul (yoki temir qopqoq) yopiladi. N. tandirga yaxshi yopishgach, N. yuziga suv sevalanadi va choʻgʻ ochiladi (baʼzan nam sochiqb-n yelpiladi). Pishgan N. kurakchab-n olinadi. P atir N. hamiri hamirturush va tuz solingan suv (sut)ga un solib krriladi va oshiriladi. Hamir oshgach, yoyilib yuzasiga sariyogʻ, koʻy yogʻi, margarin, jizza, qiyma, toʻgʻralgan mayda piyoz solib oʻraladi va zuvala uzilib patir N. yasaladi, soʻng tandirga yopiladi (q. [[Patir]]). [[Sh[[irmoy]] N. (baʼzi joylarda shirmon, shirmol deb ataladi; fors-toj. "sutli non" demakdir) hamirini tayyorlash murakkab; dastlab maxsus usulda olingan noʻxat va arpabodiyon qaynatmasiga bir miqdor bugʻdoy uni sepib hamirpaygir qoriladi. Paygir 5—6 soatdan soʻng yetiladi. Uni hamirturush sifatida ishlatib bugdoy unidan sutga qorib hamir tayyorlanadi. Hamir mushtlab yetiltiriladi (q. [[Sh[[irmoy]]).
 
N. eng oliy mehmondoʻstlik va muqaddaslik ramzi boʻlganligi, asrlar davomida nonvoylar mahoratining oʻsishi va texnologik usullarning tako-millashuvi natijasida obi, gijda, patir va shirmoy N.ning oʻnlab xillari yaratilgan. Oʻzbekistonning turli viloyatlarida oʻziga xos xilma-xil N.lar tayyorlanadi: Toshkent sh.dashahrida oʻziga xos obinon, jaydari N., sedanali N., Toshkent patiri, yulduzcha patir, gijda patir, goʻshtli patir, goʻshtli N., yogli patir, jizzali patir, piyozli patir kabi N.lar yopiladi. Chirchiq vohasi qishloqla-r i d a yertandir va yeroʻchoqlarda tayyorlanadigan uy. N.lari, obinon, yongʻoq magʻizli N., lochira N. lar mazasi, toʻyimliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, xorazmliklarning savatdek-savatdek (doyra kengligi 0,4—0,5 m) noni va patiri, goʻshtli noni, obinonga oʻxshash churragi, qoraqalpoqlarning nonlari ham oʻziga xos shakl va taʼmga ega. Fargʻona vodiysida tayyorlanadigan N. nomlari: obi N.; obi jimjima; uy N., kulcha N., jizzali N., goʻshtli N., yogʻli N., chapchap N., gijda N., oddiy patir, yogʻli patir, qashqar patir, yogsiz patir, qatlama patir, toʻy patiri, loʻlda patir, qoʻsha-loq shirmoy, payvand, obi xol olcha guli, shirmoy kulcha, shirmon patir, kungirali shirmoy, kunjutli bozor N.i, sedanali bozor N.i, bayram be-zakli N.i va b.boshqa
 
Buxoro, Samarqand, Sur-xondaryo va Qashqadaryo vohasida (Shahrisabz, Kitob) tayyorlanadigan N. nomlari: obi, yaqqafo, gaxsaki, noni zargaron, xindugi, fatiri qashqari, shirmoli du-juft, tafton, taftori du bez, noni ta-roqi, osiyoiy, poʻlodiy, jazzain, kulchai ravgʻanin, obi jimjima, turfon, noni haman, kulobodi, zaboni gov, soxta shirmol, shirmoli sedana payvand, shirmoli obi xoli olchaguli, noni salang , lavash, churrak, davra, sovgʻatin nakshin, uy N.i, qoʻshaloq baraka kulcha, kuyov shirmoy N., parkup N., kunjutli obi N., sedanali obi N., kunjutli patir N. va b.boshqa (yana q. Non [[sanoati]]).
 
Hojiakbar Muslimov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Nonning tarkibida [[yogʻ]], [[oqsil]], [[uglevod]]lar, [[vitamin B1]], [[vitamin B2|B2]] va [[vitamin B3|B3]] boʻladi. Oqsil va uglevodlarning koʻpligi vazn yigʻilishiga sabab boʻlishi mumkin.
 
== Manbalar ==
{{taom-stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Taomlar]]
 
 
{{taom-stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}