Ohaktoshlar: Versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB)
'''Ohaktoshlar''' — karbonatli choʻkin-di togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. O.ning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli O.; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli O.; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan O. deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang . Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen O., foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va b.boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida O. marmarta aylanadi. O. eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. O. barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. O.ning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 &nbsp;kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 &nbsp;kg/m3 gacha (kristalli strukturali O.). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli O. nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli O. esa, yaxshi silliklanadi. O. sanoatda, q.x.qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement i.ch.da xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz i.ch.da, neft mahsulotlarini tozalash va b.boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. O. muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab O. qazib olinadigan konlar, yirik i.ch. birlash-ma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va b.boshqalar) tomonidan ishlatilmokda. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
 
[[Turkum:Petrologiya]]
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir