Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: O.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (22) using AWB
k (hoz. → hozirgi)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: O.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (22) using AWB)
'''Oliy taʼlim''' — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. O.t.Oliy taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼli-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
 
O.t.Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi.
 
O.t.Oliy taʼlim uzoq tarixga ega boʻlib, u dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun O.t.Oliy taʼlim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi asarlarini oʻrganar edilar. Platon (mil. av. 428—348 y.), Aristotel (mil. av. 384—322 y.) singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va akliy imkoniyatlari 3 bosqichli taʼlimda toʻla namoyon boʻlishini asosla-ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va Qad. Rimda ozod kishilar hamda asl-zodalarning farzandlari uchun taʼlimning uchinchi — oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik O.t.daOliy taʼlimda falsa-fa, filol., musiqa, notiklik, tibbiyot, mat. fanlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan.
 
Musulmon Sharqining koʻp mamla-katlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki O.t.Oliy taʼlim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renes-sansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
 
Gʻarb mamlakatlarida 11 —12-a.larga kelib zamonaviy maʼnodagi O.t.Oliy taʼlim tizimining dastlabki koʻrinishlari vujudga kela boshladi. Uygʻonish davriyaa mat., mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar O.t.ningOliy taʼlimning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab boʻldi. Fan, texnika, madaniyat va sanʼatning rivojlanishiga mutanosib ravishda O.t.Oliy taʼlim ham taraqqiy etib bordi.
 
Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi O.t.Oliy taʼlim Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 y. 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida O.t.Oliy taʼlim tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin O.t.Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, O.t.Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar O.t.Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda O.t.Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet O.t.iOliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.
 
O.t.Oliy taʼlim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, mikdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va i.ch. amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.
 
Talabalarga i.ch.dan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi (q. [[Sirtqi taʼlim]]). OʻzRda O.t.Oliy taʼlim tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi O.t.daOliy taʼlimda oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi O.t.daOliy taʼlimda taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi O.t.ningOliy taʼlimning imtihon sessiyalari har bir oʻquv yurtining imkoniyatiga karab, bir yilda ikki martadan ortiq boʻlmagan yoʻsinda tashkil etiladi. Sirtqi O.t.Oliy taʼlim muddati kunduzgi oʻqishdagi tegishli mutaxassislikka Karaganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi (yana q. [[Oliy oʻquv yurtlari]]).
 
Krzoqboy Yoʻldoshev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir