Oltin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), va b.da → va boshqalarda, va b. → va boshqa using AWB
Qator 12:
O. tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma O.) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof O. mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. RF da (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida O. konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha O. boʻladi. Oʻzbekistonda O. makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.
 
O. yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm³ (20° da). Suyuqlanish t-rasitemperaturasi 1064,4°, qaynash t-rasitemperaturasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. O. yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. O. — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va b.daboshqalarda erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. O. oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, O. amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli O. birikmalari barqaror hisoblanadi.
 
O. rudalardan bir necha usulda, mas, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. O. amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy sianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan O. ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun O.li qumga kaliy sianid (yoki natriy sianid NaCN) eritmasi qoʻshiladi. O. bilan kaliy sianiddan hosil boʻlgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux taʼ-sir ettiriladi. Rux O.ni choʻkmaga tushiradi. Olmalik, kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil boʻlgan toshqoldan O. ajratib olinadi. "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi Zarafshon oltin i.ch. kom-pleksi chiqindisidan sian usulida O. ajratib olishni yoʻlga qoʻygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmokda. O.ning eng koʻp ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda O.ni zar suvida eritish natijasida hosil boʻladi. O.ning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli ok-sidlari va b.boshqa birikmalari maʼlum. O. valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qoʻllanadi.
 
/4y.:Dalimov T.N., Shayakubov T. Sh., Trotskiy V.I. i dr., Geologiya i poleznie iskopayemie Respubliki Oʻzbekiston, T., 1998; Parpiyev N.A., Muftaxov A.Gʻ., Raximov X.R., Anorganik kimyo [3 qism], T., 2000-2003.