Operetta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (3), va b.) → va boshqalar) (3) using AWB
Qator 1:
'''Operetta''' (ital. operetta — kichik opera) — musiqaviy sahna asari. Dramaturgiyasi vokal va cholgʻu musiqa, raqs qamda dialoglarning estrada sanʼati elementlari bilan uzviy bogʻlanishiga asoslangan. O.ning musiqiy jarayoni negizi naqarotli qoʻshiq va raqsdan iborat. Har bir tugal sahnaning kulminatsiyasini, odatda, muayyan ommabop raqs tashkil etadi (galop, kankan, vals, chardash va b.boshqalar) O.da opera vokal shakl (ariya, duet, ansambl, xor kabi)lari ham qoʻllaniladi, lekin ular birmuncha soddaligi va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bosh gʻoya bayoni va rivoji asosan musiqa orqali ifodalanishi tufayli O. turli xalqlar madanyyatiga xos musiqali sahnaviy janrlar (fransuzcha vodevil, nemischa va avstriycha zingshpil va b.boshqalar) alomatlarini ham mujassam etgan. Mustaqil janr sifatida O. 19-a. oʻrtalarida Parijda yuzaga kelgan (J. Offenbaxning "Orfey doʻzaxda", 1858). Uning dastlabki namunalari, asosan, hajviy yoʻnalishda boʻlgan. Keyinchalik, O.ga lirik ohanglar ham kiritildi. Fransuz kompozitorlaridan Sh. Lekok, E. Odran va R. Planketlar O. janrida ijod qilishgan. Offenbax ijodi taʼsirida 19- a. oxirlarida F. Zuppe, I. Shtraus (oʻgʻli) va K. Millyoker kabi kompozitorlar tomonidan Vena O.si yaratildi. A. Salliven va S. Jons 19-a. ingliz O.sining yirik namoyandalari edi. 20-a. boshlarida venger kompozitorlari F. Legar va, ayniqsa, I. Kalman O. rivojiga katta hissa qoʻshishdi. 1920y.larda AQShda O. taʼsirida myuzikl janri yuzaga keldi. Oʻzbekistonda O. janrining rivoji 20-y.lardayillarda Rus opera va balet teatri, Samarkand operetta teatri (1938— 40), keyinchalik esa Toshkent operetta teatri (1971 y.danyildan) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Bu teatrlarda, asosan, O. ning mumtoz (I. Shtraus, I. Kalman, F. Legar), shuningdek, zamonaviy (A. Jurbin, K. Listov va b.boshqalar) namunalari qoʻyildi. 1970 y.danyildan boshlab maz-kur sanʼatga Oʻzbekiston kompozitorlari ham eʼtibor qaratmoqda (E. Solihovning rus tilida sahnalashtirilgan "Xoʻja Nasriddin", "Oygul pari sovgʻalari", "Parol — "Sharq yulduzi", A. Ergashevning "Mittivoy", P. Holiqovning "Krrbobo va Santa Klaus" kabi asarlari).
 
== Adabiyot ==
Qator 7:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}