Ossuariy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa) + 45 × [[]]; +Turkum:Arxitektura; +Turkum:Dafn marosimlari; -{{no iwiki}} |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB |
||
Qator 1:
'''Ossuariy''', ostadon ([[lotin tili|lot.]] os — [[suyak]]) — [[zardushtiylik]] [[din]]iga mansub [[xalq|xalk]]larda marhumning suyagi solingan [[sopol]], tosh yoki [[ganch]] idish, suyakdon. Zardushtiylarda oʻlikni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular "Ona yer mukaddas, u barcha jonzotning boquvchisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak", degan aqidaga rioya qilishgan. Shuning uchun ham har bir [[qishloq|qish-loq]], [[tuman]], [[shahar]]da, [[togʻ]] yon bagʻri yoki baland tepalikda maxsus [[supa]]lar yasab, oʻlikni oʻsha yerga eltib barahna (yalangʻoch) [[tarz]]da qoʻyishgan. Oʻlimtikxoʻr [[hayvonlar|hayvon]] va [[parrandalar]] murda [[goʻsht]]larini yeb ketgach, suyaklarini yigʻishtirib olib, alohida joyda asrashgan. Baʼzi qavmlarda oʻlik [[kuydirish|kuydirilib]], kuli yigʻishtirilib, eʼzozlab asralgan. [[Jamoa]]da [[ajdod]]lar ruhini avaylab, ana shu suyaklarning baʼzi qismini, kulni saqlash maqsadida qopqokli xumga oʻxshatib O. — suyakdonlar yasashgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma [[naqsh]]li tarzda yasalib, maxsus [[xumdon]]larda pishirilgan. Ular turli hajmda boʻlgan. Bosh suyaklar saqlanadigan O.larning qopqogʻi tutqichiga marhum [[kalla (biologiya)|kalla]]sining tasviri tushirilgan. O. oʻta mukammal ishlangan.
[[Oʻrta Osiyo]] xalqlarida O.ga solib koʻmish odati [[milod|mil.]] av. 1-ming yillikning 1-yarmida shakllanib, [[VIII asr|mil. 8-a.]]ga-cha (islomiy dafn rusumlari qabul qilinguncha) davom etgan. [[Xorazm]]dan topilgan qad. O. [[haykal]]lar shaklida boʻlib, oʻliklarni ilohiylashtirishni ifodalagan. Oʻrta Osiyo, [[Eron]], [[Falastin|Falas-tin]], [[Misr]] va
Hamidjon Homidov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 7:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
Qator 14 ⟶ 12:
[[Turkum:Arxitektura]]
[[Turkum:Dafn marosimlari]]
▲{{stub}}
|