Ovoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 3:
'''Ovoz''' — 1) ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda). O. hiqildoqda xrsil boʻladi: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi, bir-biriga tegib turgan O. boylamlari oraligʻidan oʻtib uni tebratadi, natijada nozikkina O. hosil boʻladi, soʻngra buni yuqori rezonatorlar (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, burun va yondosh boʻshliqlari) kuchay-tirib berib, O. oʻziga xos ohang (tembr) oladi. Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan O. boylamlarining koʻrsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, O. kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishining uzunligi va chas-totasiga qarab baland yoki past boʻlishi mumkin.
 
O. paydo boʻlishida ishtirok etadigan aʼzolarning hammasi sogʻlom boʻlsa, O. yengil va bemalol eshitiladi. Turli kasalliklar, xususan, hiqildoq, bu-runhalqum yoki burun kasalliklarida O. oʻzgaradi, baʼzan manqa boʻlib qoladi. Yurak, bronxlar, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va yuqumli kasalliklarda ham O. oʻzgarishi mumkin. O. koʻpincha, sovqotish, angina, yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi, laringit, traxeit va bronxitdan ke-yin oʻzgaradi. Hadeb baqirib gapira-verish ham O. buzilishiga sabab boʻladi. Chekish va ichkilikka ruju qilish, shuningdek, tish yoʻqligi yoki yasama tishning notoʻgʻri koʻyilganligi va b.boshqa ham O. "sifati"ga taʼsir etadi. Odatda, yoshlarda oʻtish davrida boʻladigan ovoz oʻzgarishida alohida ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. O.ni asrashda eng muhimi organizmni chiniqtirishdir. O. oʻzgarganda, albatta, mutaxassis vrachga murojaat etish lozim; 2) musiqada — odamning aniq balandlik va uzoq sadolanishga ega tovushi (q. [[Xonanda ovozi]]); koʻp ovozli musiqa asarining muayyan kuy yoʻli; partituradan alohida koʻchirib yoziladigan xor yoki orkestr guruqi ijro yoʻli.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}