Oʻrta Osiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Oʻrta Osiyo mamlakatlarining umumiy tavsifi: o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (3), mayd. → maydoni, y.lar → yillar using AWB
Qator 11:
# Siyosiy-maʼmuriy maʼnoda [[Oʻzbekiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Turkmaniston]], [[Tojikiston]] (baʼzida [[Qozogʻiston]] ham qoʻshiladi) davlatlari maydoni.
 
Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54° 15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning shim.gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin shim. ga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shim. chegarasi boʻylab sharq va jan. sharq tomon davom etib, Qozogʻiston — XXR chegarasiga tutashadi. Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren — Xabirga, Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hindukush togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon jan. chegara boshlanadi va Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining jan.sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. Oʻ.O. yirik geosistema sifatida (mayd.maydoni 3300 ming km²chamasida) Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli qismini oʻz ichiga oladi. Oʻ.O. ning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni oʻlkaning shim., shim.gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy va jan. qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni talab etadi.
== Aholisi ==
* Oʻrta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy aholisi soni 2012-yilga koʻra - 65.700.000 kishini tashkil qildi.
Qator 75:
Oʻ.O.ning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik maʼlumotlar Gerodot (mil.av. 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (mil.av. 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu maʼlumotlar birmuncha cheklangan, baʼzan chala va xatoliklari boʻlsa ham, keyingi, yaʼni oʻrta asrlardagi geografik bilimlarga zamin boʻlib xizmat qildi. Oʻ.O. haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshgʻariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Saʼmoniy va boshqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta boʻldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda yozildi. Oʻ.O. tabiiy geografiyasiga oid maʼlumotlar 9—12-asrlarda yashagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMasʼudiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. Oʻ.O. ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, oʻlkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bogʻliq holda, goh sust, goh jadal surʼatlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli boʻldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asr lar), Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yoʻnalishida boʻlsa ham, geografik gʻoya va umumlashmalarga boy, xaritagrafik maʼlumotlari esa koʻlamli va mazmunli boʻlgan.
 
Oʻ.O. tabiatini oʻrganish tarixidagi muhim bosqichlardan biri 18—19-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu davrda rus sayyohlari, diplomatlari va tabiatshunos olimlari tomonidan Oʻ.O.ga boʻlgan qiziqish jadallashdi. Koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi (mas, Saymonov, G.I. Karelin, A.I. Butakov ekspeditsiyalari). Filipp Yefremov, Burnashev, Filipp Nazarov sayohatlari natijasida ham oʻlka haqida birmuncha geografik maʼlumotlar toʻplandi.^ 19-asrning 50-y.laridanyillaridan boshlab esa Oʻ.O. geografik jihatdan jadal surʼatda oʻrganila boshladi. P.P. SemyonovTyanshanskiy, N.A. Seversov, A.P. Fedchenko, N.A. Zarudniy, I.V.Mushketov, V.N.Oshanin, V.A.Obruchev kabi tabiatshunos olimlar tomonidan oʻlka tabiati haqida koʻp maʼlumotlar yigʻildi, tabiiy geografiyaga oid muhim qonuniyatlar aniqlandi. 20-asrning 1-yarmida Oʻ.O. tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qilish surʼati yanada ortdi, oʻrganish koʻlami kengaydi. Oʻlkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari boʻyicha ham chuqur oʻrganila boshladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan asarlar yaratdilar.
[[File:Ўрта Осиё умумий ялпи ички маҳсулоти.png|600px|thumb|[[2012-yil]]lik Yalpi Ichki mahsulot oʻsishi]]
20-asrning 2-yarmida ham oʻlka tabiatini kompleks oʻrganish boʻyicha ishlarning borishi samarali boʻldi. Koʻplab monografik asarlar yaratildi. Ularda Oʻ.O. tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalalariga ham katta eʼtibor berilgan. Bunda geograf olimlar L.N.Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, A.A.Rafiqov va boshqalarning hissalari bor.
Qator 86:
Oʻ.O. togʻlarining xususiyati shundan iboratki, tizmalar va ularni ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar koʻpincha kengliklar boʻylab choʻzilgan. Ular bilan birgalikda koʻndalang togʻ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki markadlar) mavjud. Bunday togʻ tugunlari Tyanshan, Pomir va Hisor— Olay togʻlarida 16 ta boʻlib, ular muzlik markazlaridir.
 
Oʻ.O. ning umumiy iklim belgilari — oftobli kunlarning koʻp boʻlishi, kontinentallik va yogʻinning kamligidir. Hududning katta qismini egallagan choʻl va chala choʻllarda bu belgilar, ayniqsa, sezilarli. Bu yerga yogʻinlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib keladi. Tropik kengliklardan tashqarida gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan nam havo oqimlari Oʻ.O. hududiga maʼlum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib keladi. Shu sababli Oʻ.O. iqlimi qurgʻoqchil. Bu yerda yillik t-ratemperatura amplitudasi qoʻshni oʻlkalardagiga nisbatan kattaroq, yaʼni iqlimning kontinentalligi yuqoriroq darajada boʻladi va shu maʼnoda Sharqiy Sibirdan keyinda turadi. Oʻrtacha yillik havo t-rasitemperaturasi Oʻ.O. tekisliklarida 0° dan yuqori: chekka shim. da 1—2°, jan.da 18° gacha. Togʻlik qismida dengiz sathidan 2200–2500 m balandlikda —5°, —8° gacha pasayishi mumkin. Mutlaq past t-ratemperatura togʻlar va baland togʻlarda —16° dan (jan.da) —50°gacha (shim.da).
 
Oʻ.O.ning tekislik qismida iyulning oʻrtacha havo trasi, shim. da 20—22°, jan. da 30—31° boʻladi. Eng yuqori tra tekislik va togʻ etaklarida 42°, 50° atrofida, togʻlarda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yogʻin miqdori ham bir tekis taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100–150 mm, togʻlarda 800–900 mm va undan ortiq. Eng kam yogʻin Sharqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).