Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 30:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Xalq soʻzi" — "Narodnoye slovo" gaz.larining hammuassisi (ushbu gaz.lar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gaz.lari hisoblanadi), "Pravda Vostoka" gazetasining muassisidir.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va b.boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temirbeton bloklardan tiklangan, 1qavati V shaklidagi ustunlardan iborat; tarzidagi vertikal chiziklar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999 yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000 yilda taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, "Hukumat uyi" talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berildi. Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan granitlar poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi, xonalar pardozlanib ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid Usmonov va boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan). Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib "qishki bogʻ" tusini olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.<ref>OʻzMEdan olingan maʼlumot.</ref>
 
== Umumiy tavsif ==
Vazirlar Mahkamasi — [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning [[Oʻzbekiston Respublikasining Hukumаti|Hukumati]] — iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, [[Оliy Mаjlis]]ning boshqa qarorlari, [[Oʻzbekiston Respublikasi]] [[O%60zbekiston_Respublikasi_Prezidentining_Farmonlari`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari|Pryezidyentining farmonlari]], qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
 
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning 6 may 1993 yildagi N818-XII sonli «[[OʻzR VM toʻgʻrisidа qonun|Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida]]»gi [[OʻzR qonunlari|Qonuniga]] muvofiq olib boradi.
Qator 247:
{{Manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Oʻzbekiston: Siyosat]]
 
 
{{stub}}