Pushtunlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 48:
|related = [[Pamirlar]]
}}
'''Pushtunlar''', pushtular — 1) [[Afgʻoniston]]dan tashqarida (asosan, [[Pokiston]]da) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 50 mln.ga yaqin (2011). [[Pushtu tili]]da soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pushtunda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shimolida yusufzoylar, janubi va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shimoliy Balujistonda — kakarlar yashaydi va b.boshqa Asosiy mashgʻuloti — [[dehqonchilik]], yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pushtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pushtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pushtun tarixi 20-asrgacha afgʻonlar tarixi bilan uzviy bogʻliq; 2) afgʻonlar oʻzlarini Pushtun deb atashadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
Qator 59 ⟶ 57:
[[Turkum:Pokiston xalqlari]]
[[Turkum:Afgʻoniston xalqlari]]
 
 
{{stub}}