Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Tarixi: imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, I.t.lar → institutlar, q.x. → qishloq xoʻjaligi (4), t-ra → temperatura, b-n → bilan, hoz. → hozirgi (5), sh.da → shahrida (6), mayd. → maydon using AWB
Qator 9:
 
== Davlat tuzumi ==
Q. — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 y. 5 mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003 y.lardayillarda oʻzgartishlar kiritilgan. davlat boshligʻi — prezident (2005 y.danyildan K.Boqiyev). U umumiy teng , toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jokorgu Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 16:
Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.
 
Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan -27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180–250 mm dan Fargʻona tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻrida 900 – 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Jan. Inilchek va Shim. Inilchek muzliklaridir.
 
Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.
 
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4% dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar mayd.maydoni 265 ming ga. 3600– 4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.
 
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va h.k. yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.
 
Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67%). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va b.boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2%. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.
 
== Tarixi ==
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Mil.av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shim.da saklar qabila ittifoqi (mil.av. 7— 3-a.lar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (mil.av. 2-a. — mil. 2-a.) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy r-nlar mil.av. 2—1-a.larda Davan davlati, keyinchalik mil. 1—4-a.larda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-a.da Q. shim.dagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-a.larda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob sh. Chu vodiysida (Toʻqmoq sh. oʻrnida) joylashgan. Shim. K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-a.larda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-a.ning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-a. oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-a. oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-a.ga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va b.boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10a. oʻrtasidan taxminan 12-a. oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hoz.hozirgi Boʻrona sh. xarobasi) boʻlgan. 10— 12-a.larda Talas vodiysi kumush va b.boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va b.boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-a. boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-a. boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shim. Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 y. Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 y.lardayillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 y. Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-a.ning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-a.ning 2-yarmida Shim. Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
 
16-a.ning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-a. boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18a. oxiri —19-a. boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 y. va 1824 y. larda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-a.ning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hoz.hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va b.boshqa qalʼalar qurilgan. 19-a. ning 60—70y.larida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 y. noyabr — 1918 y. iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 y. apr.da q. [[yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi]]. 1921—22 y.lardayillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 y. Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 y. 14 okt.da RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 y. 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 y. 1 fevral
 
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 y. 5 dek.dan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 y. dek.dan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 y. 31 avg . da respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 y. 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
 
2005 y. martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 y. 31 dek.dan MDH tarkibida. 1992 y.danyildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avg . — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 y. tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 y. asos solingan; "Ar-Namis" ("Or-Nomus") partiyasi, 1999 y. tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 y. taʼsis etilgan; q. [[demokratik harakati]], [[1993 y]]. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 y. asos solingan; "Mamlakatim" harakati partiyasi, 1998 y. tashkil etilgan; "Manas-el" ("Manas xalqi") maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 y.tuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 y. asos solingan; "Erkin Qirgʻiziston" progressiv-demokratik partiyasi, 1991 y. tuzilgan; "Ata-Meken" ("Vatan") sotsialistik partiyasi, 1992 y. taʼsis etilgan. Q.kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 y. tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5%, q.x.qishloq xoʻjaligi 38,4%, xizmat koʻrsatish tarmogi 12%, savdo 10,1% ni tashkil etadi.
 
Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (q.x.qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va b.boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari i.ch., gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va b.boshqa, yirik korxonalar Bishkek sh.dashahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr st-yalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr st-yasi mavjud.
 
Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar mayd.maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9%). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Q.x.ningQishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55%), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.
 
Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). T.y.larTransport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002). Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. "Kirgizstai aba joddoru", "Itek Eyr", "Altin Eyr" milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. q. [[hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud]].
 
Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va b.boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.
 
== Tibbiy xizmati ==
Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va b.boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota, jalolobod, Jirgalan.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-a.ning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. [[Rossiyaga qoʻshib olingach]], [[dastlabki rus boshlangʻich maktablari]], [[19-a]].ning 80-y.laridayillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 y. xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 y. erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 y.gachayilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 y. Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 y.dayilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming , 113 gimnaziyada 72,2 ming , 50 litseyda 18,2 ming , 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, q.x.qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek sh.dashahrida). I.t.larinstitutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va b.boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning i.t. institutlarida olib boriladi. 2002 y. respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan d-ri va 1051 fan nomzodi i.t.lar olib bordi. 2002 y. mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 y. Q.da 183 gaz. va 83 jur. nashr etildi. Yiriklari: "Asaba" ("Bayroq", qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 2001 y.danyildan), "Vecherniy Bishkek" ("Bishkek oqshomi", rus tilidagi kundalik gaz., 1974 y.danyildan), "Kizil Tuusi" ("Qizil bayroq", qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1924 y.danyildan), "Literaturniy Kirgizstan" ("Qirgʻiziston adabiyoti", rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jur.), "Slovo Kirgizstana" ("Qirgʻiziston soʻzi", rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1925 y.danyildan), "Erkin Too" ("Erkin togʻlar", qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz., 1991 y.danyildan). "KABAR" qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 y. yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 y. asos solingan), "Almaz" xususiy radiost-yasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 y. tuzilgan), "Piramida" teleradiokompaniyasi (1991 y. asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 y.danyildan, telekoʻrsatuvlar 1958 y.danyildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar ("Kurmanbek", "Kojojash", "Er-Tyoshtuk", "Janish Bayish") va "Manas" monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 y.gachayilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 y. birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-y.lardayillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M.Tokoboyevning "Bechora Kakey" pyesasi (1927 y. sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning "Ajar" hikoyasi (1928)dir. 30-y.lardayillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. T. Sidiqbekov, Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T.Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va b.boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N.Jetikashkayeva, adiblar Ch.Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va b.boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N.Boytemirov,Sh.Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va b.boshqa, shoirlardan T.Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S.Abiqodirova, R. Risqulov va b.boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B.Jaqiyev, M.Bayjiyev, B.Omuraliyev va b.boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Q. hududidan mil.av. 4—1-a.larga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-a.larda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-a. oʻrtasi — 12-a.da masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-a.dan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-a.) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-a.),koʻshklar (Oʻsh sh. yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-a. boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hoz.hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-a.ning 20-a.laridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va b.boshqalar) barpo etildi. 30-y.larningyillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G.A.Gradov). 40-y.larningyillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 y.lardayillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston FA binosi, 1960-y.laryillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh.Jekshenbo-yev, V.Nazarov, D.Irisqulov, hammasi — Bishkek sh.dashahrida; Oʻsh sh.dagishahridagi "Semetey" kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 y., oʻn ikki qavatli uy 1982 y., oʻn sakkiz qavatli uy 1985 y.quriddi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Q.ning shim. hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (mil.av. 7-a. — mil. 5-a.). 5—10-a.larda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-a.larga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan:Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V.V.Obrazsov, S.A.Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-y.lardanyillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ.Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 y. Bishkekda badiiy studiya (1939 y.danyildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-y.lardayillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S.A.Chuykov, Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov va b.boshqalar). 1930-y.larningyillarning oxirlarida grafiklardan L.A.Ilina, A.I.Mixalyov, A.A.Sgibnev va b.boshqa samarali ijod qildilar. 2-jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-y.lardayillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov). 1950-y.larningyillarning oxiri — 60-y.lardayillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960y.larda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.
 
Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.
 
Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim ("qoshoq" yigʻi, "jaramazan", "beshik iri" va b.boshqalar), mehnat ("bekbekey", "shirildan", "op mayda"), lirik ("Seketbay", "kuy-gen", "armon"), oʻyin ("selkinchek"), shuningdek, "baldar iri" (bolalar qoʻshiqlari), "qizdar iri" va b.danboshqalardan iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h.q.)lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat ("ulgu ir", "sanat"), bagʻishlov ("arnoo", "maqtoo"), qutlov ("kutuktoo") qoʻshiqlari, manaschilar "Manas", "Semetey", "Seytek" turkumlari, "Kurmanbek", "Kojojash", "Ke-deyxon" kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq, ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz va b.boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va b.boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar ("qambarkan", "kerbez", "botoy" va b.boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va b.boshqa mashhur. Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 y.lardayillarda boshlangan (A.Zatayevich, V.Vinogradov va b.boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K.Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev, A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar ("Oltin qiz", A.Vlasov, V.Fere, 1937; "Oʻlim emas, hayot", Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. "Manas" eposi asosida birinchi qirgʻiz operasi ("Oygoʻzal", 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov va Fere "Anor" (1940), "Argʻimchoq" (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov b-nbilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning "Manas" (1946), "Toʻqtagʻul" (1958) va b.boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning "Aydar va Oysha" (1952), A.Abrayevning "Boʻron oldida" (1974) va b.boshqa operalarda qirgʻiz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, B. Minjilkiyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev, T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K.Chodronov, M.Mustayeva, M.Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A.Jumahmatov, K.Moʻldabasanov va b.boshqa mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 y.dayilda Q. Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning "Momo yer" baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning "Boʻydoklar" (1961), N.Davlesovning "Ehtiyot boʻling , kelin" (1970) va b.boshqa musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutugʻi boʻldi.
 
== Teatri ==
Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq oʻyinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi, qoʻmuzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bogʻliq ravishda qadim zamonlardan boshlangan. 1918 yili [[Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatri|Oʻshda oʻzbek musiqali drama teatri]] va Qorakoʻlda havaskorlik xalq teatri tashkil etildi. 1920 y. Pishpek, Qorakoʻl va Norin uyezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional teatr 1920-y.lardayillarda vujudga keldi. 1926 y.dayilda Musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930 y. u professional drama teatriga aylantirildi, 1936 y.danyildan musiqali drama teatri deb nomlandi; 1942 y.danyildan Qirgʻiz opera va balet teatri. Qirgʻiz tilida dramatik spektakllar Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qoʻyildi (u 1936 y. tashkil qilinib, 1941 y.gachayilgacha ishlagan). 1941 y. Frunze (hoz.hozirgi Bishkek)da Qirgʻiz drama teatri truppasi tuzildi. 1960- y.lardayillarda qirgʻiz xalqining hayoti aks ettirilgan koʻpgina spektakllar yaratildi ("Otaning qismati", B.Jaqiyev; "Qichan", Sh.Beyshenaliyev; "Yangi kelin", M.Toʻyboyev; "Yuzma-yuz", "Momo yer", ikkalasi ham Ch.Aytmatov qissalari asosida). Q.dagi teatrlarda qirgʻiz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari asosida koʻptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr, jumladan, Bishkek sh.dashahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, qirgʻiz drama teatri (1972-1974), Norin sh.dashahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qoʻgʻirchoq teatri (1938) va b.boshqa ishlaydi. Teatr sanʼati ustalaridan [[Rahmonberdi Madazimov|R.Madazimov]], D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, M.Risqulov, [[Joʻraxon Rahmonov|J.Rahmonov]], S.Balqibekova, S.Jamanov, A.Jonqoʻrozova, [[Oʻrinboy Rahmonov|Oʻ.Rahmonov]], S.Kumushaliyeva, A.Quttiboyeva b. mashhur.
 
== Kinosi ==
1939 y. Frunze (hoz.hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 y. uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi ("Qirgʻiziston 2-jahon urushi davrida" filmi, 1944, rej. D.Erdman va b.boshqalar)ga asos solindi, 1956 y. hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 y.danyildan "Qirgʻiz-film" kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y,lardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film "Saltanat" (1955, rej. V.P.Pronin, "Mosfilm" kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin "Mendagi xatolik" (1958), "Olis togʻlarda" (1959), "Tyanshanlik qiz" (1960), "Choʻlpon — tong yulduzi" (1960, "Lenfilm" kinostudiyasi bilan hamkorlikda), "Toʻqtagʻul" (1961) kabi badiiy, "Ular Tyanshanda tugʻilganlar" (1958), "Toglar daryosi" (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-y.lardanyillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch.Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov asarlari asosida yaratilgan "Dovon" (1961), "Saraton" (1963), "Birinchi oʻqituvchi" (1965), "Jamila" (1969, "Mosfilm" kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va b.boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining yutugʻidir. "Karash dovonidagi oʻq ovozi" (1968), "Issiqkoʻl lolalari" (1972), "Oq kema" (1977), "Ilk turnalar" (1979, hammasining rej. B.Shamshiyev), "Yoshligimiz osmoni" (1966), "Urkuya" (1970), "Ulan" (1978; hammasining rej. T.Okeyev) kabi badiiy, "Norin kundaligi" (1971, rej. A.Vidugiris), "Pochta" (1972, rej. B.Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M.Risqulov, D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, T.Tursunboyeva, S.Choʻqmorov va b.boshqa mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari ==