Qizil dengiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (3), Mayd. → Maydoni using AWB
Qator 1:
'''Qizil dengiz''' — [[Hind okeani]]ning materiklar oraligʻidagi [[dengiz]]i. [[Afrika]] va [[Arabiston yarim oroli|Arabiston ya.o.]] oraligʻida. [[Misr]], [[Sudan]], [[Eritreya]], [[Isroil]], [[Iordaniya]], [[Saudiya Arabistoni]] va [[Yaman]] davlatlari qirgʻoqlariga tutash. [[Bob ul-mandab boʻgʻozi|Bob ulMandab boʻgʻozi]] orqali Hind okeani, [[Suvaysh kanali]] orqali [[Oʻrta dengiz]] bilan tutashgan. Mayd.Maydoni 460 ming km². Eng chuqur joyi 3039 m. Dengizning qirgʻoq chizigʻi tekis, shakli tektonik uzilma chegarasiga mos. Shim.da Suvaysh va [[Aqaba qoʻltigʻi|Aqaba qoʻltiqlari]], ular orasida [[Sinay yarim oroli|Sinay ya.o.]] bor. Eng yirik oroli — [[Dahlak]]. Dengiz tubi relyefi xilmaxil, katta qismi soylik (chuq. 1000 m), uning oʻrta qismida tor va chuqur novlar bor. Chuq. 200 m gacha boʻlgan joylarda marjon va materik oroli koʻp. Dengiz tubining katta qismi kristalli zamindan iborat boʻlib, ustini 1—4 1–4 km qalinlikdagi ohaktosh va evaporitlar qoplagan. Iqlimi mussonli, biroq dengiz Arabiston ya.o. va [[Shimoliy Afrika|Shim. Afrikadagi]] choʻllar oraligʻida joylashganligi uchun ancha quruq. Tez-tez changli tuman va saroblar boʻlib turadi. Q.d.Qizil dengiz suvi iliq (32° gacha) va shoʻr (38—42%o) dengizlardan. Sababi Q.d.daQizil dengizda bugʻlanish nihoyatda kuchli boʻlib, chetdan daryo quyilmaydi. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 0,6 m gacha). Chuqurlikdagi shoʻr suv Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeaniga oʻtib turadi.
 
Q.d.daQizil dengizda oʻsimlik turi kam, biroq hayvonot dunyosi xilmaxil. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Muhim portlari: [[Suvaysh]] (Misr), [[Port-Sudan|PortSudan]] (Sudan), [[Jidda]] (Saudiya Arabistoni), [[Hudayda]] (Yaman) va boshqalar Dengizda suvoʻtlar toʻplanib, unga qizgʻish rang berishi sababli shunday nomlangan, degan taxmin bor.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Dengizlar]]
 
 
{{stub}}