Qonun (huquq): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB
Qator 6:
Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Q.lar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Q.lari. Q.lar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Q.larning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.
 
Q.lar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Q.da yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Q. oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati b-nbilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
 
Q. zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Q. eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Q. makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi Q.lar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Qator 14:
Oʻzbekiston Respublikasining Q.larida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning , huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.
 
Gʻayrat Abduqodirov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}