Qozogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
Qator 87:
 
== Dini ==
[[File:Nur-Astana Mosque.jpg|thumb| alt=A.|Nur Ostona Masjidi]]
Qozogʻistonda 75 % [[musulmon]]lar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % [[masihiylik]].
Davlatda din erkinligi mavjud yani dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud<ref>[http://www.gallup.com/poll/108625/More-Religious-Countries-Lower-Suicide-Rates.aspx In More Religious Countries, Lower Suicide Rates. Gallup Polls from 2005 and 2006.]</ref>.
Qator 343:
 
== Adabiyoti ==
Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi ([[qoʻshiq]], [[ertak]], [[maqol]] va [[matal]], [[qahramonlik]] va lirik-epik dostonlar)dan boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“ va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“, „Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira, Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet, Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora, Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan mashhur boʻldilar. 18—19-asrlarda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B. Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va boshqalarning asarlari ommalashdi. Bu davrda etnograf va folklorshunos Ch.Valixonov adabiyotda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti — qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asoschisi, shuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvchisi Abay Qoʻnonboyev boʻldi. I.Oltinsarin maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yaratdi va rus grafikasi asosida qozoq alfavitini ishlab chiqdi. 20-asrda yozuvchilardan S.Kubayev, S.Toʻraygʻirov, S.Dunentayev, M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov, T.Iztileuov, Gʻ.Qarash, N.Ormanbot oʻgʻli, T.Joʻmartboyev va b.boshqa maʼrifatchidemokratlarning realistik anʼanalarini davom ettirdilar. 20-asrning 20-yillarida qozoq adabiyotida Saken Sayfullin yetakchi oʻrin egalladi. Bu davrda sheʼriyat (Jambul jabayev, N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov, A.Tojiboyev, Gʻ.Oʻrmonov. A.Toqmagʻambetov va b.boshqalar) va nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Gʻ.Musrepov, Gʻ.Mustafin va boshqalar) rivojlandi. [[1930-yil]]larda qozoq adabiyotida mavzu kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbishev, I. Jonsugʻurov, Sh.Husainov asarlari). [[Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45)da qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang maydonidagi qahramonligi va mamlakat ichkarisidagi mehnat jasoratini aks ettiruvchi asarlar maydonga keldi. S.Muqonov, A.Toqmagʻambetov, T.Jarokov, Gʻ.Oʻrmonov, K.Abdiqodirov, X.Bekxojin, J.Moʻldagʻaliyev, X.Ergʻaliyev kabi shoirlar, Gʻ.Mustafin, A.Nurpeisov, M.Avezov, A.Abishev va boshqa adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlari yaratildi. Urushdan keyingi yillarda ham vatanparvarlik mavzui davom ettirildi va bu davrda M.Avezov, Gʻ.Musrepov, A.Nurpeisov, T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Gʻ. Oʻrmonov, Sh.Husainov, S.Muqonov va boshqa samarali ijod qildilar. [[1948-yil]] S.Muqonovning „Sirdaryo“, [[1953-yil]] „Hayot maktabi“, 1953-yil Gʻ.Musrepovning „Uygʻongan oʻlka“, [[1952-yil]] Gʻ.Mustafinning „Qaragʻanda“ romanlari yaratildi. [[1956-yil]] M.Avezov „Abayning yoʻli“ tetralogiyasini yozib tugatdi (1-kitobi [[1942-yil]]da nashr etilgan). [[1960-yil]]larda adabiyotga X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov, T.Axtanov, Sh.Murtazayev, A.Nurshaixov, M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev. S.Muratbekov, S.Junusov kabi yozuvchilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov, Oʻ.Sulaymonov, K.Mirzaliyev, T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev, M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi shoirlar kirib keldi. 1960—90 yillarda I.Yesenberlin. Sh. Murtozayev, A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov, S.Smatayevlarning tarixiy romanlari paydo boʻldi.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 353:
 
== Musiqasi ==
Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmush tarzi (asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik), dunyoqarash va eʼtiqodlari (shomonlik, tangrichilik va boshqalar) asosida rivoj topgan. Anʼanaviy musiqa amaliyotida qozoq baqsi (shomon-baxshi), termeshi, olenshi, jirov, oqin, kuyshi, 18-asrdan sal-sere (sayyor ijodiy guruhlari tashkil etgan professional sozanda, xonanda)larning ijodi alohida oʻrin tutadi. Har bir baqsining oʻzi ijod etgan shaxsiy sarin (kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar ruhiga afsun-jodu, fol ochish, tabobat va boshqa marosimlar jarayonida katta taʼsir oʻtkazgan. Xalq qoʻshiqlari mavsum va diniy („tasattiq“, „navriz-olen“, „jaramazan“, „sahar-olen“), tabobat (badik, „arbau“), oilaviy marosim qoʻshiqlari („jar-jar“, „sinsu“, „bet oshar“, „tanisu“, „qoshtasu“, „joqtau“ va boshqalar), inson hayoti turkumiga oid „besik jiri“, „tusau kesu“, „jubatu“, „jiirma bes“ va boshqalar, terma, oʻlan, jirlarlyan iborat. Xalq musiqa cholgʻulari orasida baqsi va jirovlarning asosiy cholgʻusi hisoblangan [[qoʻbiz]], choʻponlar hamda professional sozandalar (Sarmalay va b.boshqalar) tomonidan keng qoʻllanilgan sibizgʻa ommalashgan. Xalqning eng sevimli cholgusi boʻlgan [[doʻmbira]] turli mazmundagi (oʻynoqi „akjelen“, falsafiy „tolgʻau“, dramatik „qosbosar“, lirik „qonir“ va boshqa) kuylarni Birjansal, Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa, Qurmongʻozi, Dina Nurpeisova kabi sozanda va bastakorlar ijro etgan. qozoqlarda, shuningdek, changqoʻbiz, yaqin oʻtmishda sherter, jetigen (torlichertma), [[karnay]], dovul kabi cholgʻular tarqalgan.
[[1930-yil]]larda yangi (koʻp ovozli) musiqa shakl va [[janr]]lari rivoj topa boshladi. [[1934-yil]] Qozoq xalq cholgʻulari orkestri ([[1944-yil]]dan Qurmongʻozi nomida), Qozoq musiqali teatri ([[1937-yil]]dan opera va balet teatri), [[1935-yil]] Jambul nomidagi Qozoq davlat filarmoniyasi, [[1939-yil]] Qozogʻiston kompozitorlar uyushmasi tashkil topdi. Ye.Brusilovskiy birinchi qozoq operalarini („Qiz-Jibek“, 1934; „Jalbir“, 1935; „Er Targʻin“, 1937), simfonik asarlar („Sari arka“ 3-simfoniyasi, 1944 va boshqalar), kantata („Qozogʻiston“, 1947), V.Velikanov birinchi milliy balet („Kalkaman va Mamir“, 1938)larni yaratishgan. „Joldastar“ (R.Yelebayev), „Qozoq valsi“ (L.Xamidi) kabi ommaviy qoʻshiqlar ijod etilgan. [[1944-yil]] [[Olmaota]]da konservatoriya ochildi. Xalq musiqa ijodini oʻrganish va toʻplash ishlarida A.Zatayevichning xizmatlari („Qozoq xalqining 1000 kuylari“, 1925; „Qozoq xalqining 500 kuylari“, 1931) katta.
20-asrning 2-yarmida simfoniya (M.Toʻlaboyev, K.Kujamyarov, G.Jubanova va boshqalar), opera va balet (S.Muhamedjonov, G.Jubanova, Ye.Rahmadiyev, A.Serkebayev va boshqalar), kamer musiqa (Brusilovskiy, Jubanova va boshqalar), qoʻshiq (N.Tlendiyev) va boshqalar janrlar rivoj topdi. Musiqa sanʼati arboblari orasida dirijyorlar Sh.Kajgaliyev, N.Tlendiyev, A.Molodov, F.Mansurov, xonandalar R. Abdullin, K.Bayseitova, A. Dnishev, R.Baglanova, Ye.Serkebayev, B. Tulegenova, B.Doʻsimjonov, doʻbmirachilar K.Jontleutov, R.Omarov, K. Ahmadiyarov, A.Yeskaliyev, B.Karabalina mashhur. Hozir Qozogʻistonda Qozogʻiston davlat filarmoniyasi (1935), Abay nomidagi akademik opera va baletteatri (1934), simfonik orkestr (1937), xor kapellasi (1937), Qozoq konsert birlashmasi (1960), Qozogʻiston televideniyesi kamer orkestri, „Otrar sozi“ folklor-etnografik orkestri (1981), Olmaota konservatoriyasi va Ostona musiqa akademiyasi, 10 dan ortiq musiqa bilim yurti faoliyat koʻrsatmoqda.