Qoʻqon: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k olchami -> oʻlchami, replaced: xaritasi olchami → xaritasi oʻlchami (3) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, sh.da → shahrida, y.da → yilda (7), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (5) using AWB |
||
Qator 59:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qoʻqon''' — [[Fargʻona viloyatidagi]] shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Soʻx daryosi (tarmogʻi)ning quyi oqimida joylashgan.
== Tarixi ==
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-a. yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" [yaʼni, "hu (ku) qabilasi — elati shahri"] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan.
Qo'qonning 18-a.gacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qo'qon [[podsho Rossiyasi]] qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi [[arxiv]]ining koʻp qismi olib ketilgan. Qo'qon qadimda [[Hindiston]] va [[Xitoyga]] boriladigan [[karvon yoʻl]]ida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qo'qon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. [[1709]] yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, [[1711]] yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. [[1732]] yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. [[Norboʻtabiy]] davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. [[Olimxon]] hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qo'qonning siyosiy mavqei kuchaydi. [[Umarxon]] (1810—22) va uning oʻgʻli [[Muhammad Alixon]] (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda [[Buxoro Amirligi|Buxoro amiri]] [[Nasrulla (Buxoro amiri)|Nasrulloxon]] tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, [[Turkiston general-guber-natorligi]]ga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan [[Turkiston general-gubernatorligi]]ning [[Fargʻona viloyati]] maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi [[Fargʻona|Yangi Margʻilon]]ga koʻchirilgandan keyin (1877 y. 27 apr.), [[Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)|Fargʻona viloyati]] uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871
== Sovet davrida ==
[[2-jahon urushi|2-jahon urushi yillarida]] [[mehnatkashlari frontga kiyim-kechak]], [[oziq-ovqat]], [[dori-darmon joʻnatib turdilar]]. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon [[Fargʻona viloyati]]ning (Fargʻona
Pedagogika in-ti (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud.
19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va
== Mustaqillik yillari ==
Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 tele-studiya, ("Muloqot", "Yolqin") ishlaydi, 4 gaz. chop etiladi. K.dan Fargʻona rik shaharlariga va viloyatning yiavtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
|