Quddus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, y.lar → yillar (3), va b. → va boshqa using AWB
Qator 35:
}}'''Quddus''' (ivrit: יְרוּשָׁלַיִם) — [[Isroil]] davlatining [[poytaxt]]i, qadimiy shahar.
 
'''Iyerusalim''' (qad. yahudiy tilida Iyerushalaim; osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qad. Misr yozuvlarida Shalam; arab mamlakatlarida Al-Quds, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi b-nbilan maʼlum) — Falastin (tarixiy viloyat) dagi shahar, q. Quddus.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
'''QUDDUS, Iyerusalim''' (arab. AlQuds, qad. yahudiy tilida Iyerushalaim) — Falastindagi shahar, Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Q. — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.
Qator 41:
Q. haqidagi dastlabki maʼlumotlar mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda mil. av. 15-a.dan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.
 
1920—47 y.lardayillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining maʼmuriy markazi. 1947 y. 29 noyab.dagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—49 y. lardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950 y.dayilda Q.ning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967 y.dayilda Isroil Q.ning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980 y. 30 iyulda Q. ni "abadiy va boʻlinmas poytaxt" deb eʼlon etdi. BMTning (1967 — 71) qarorlariga muvofiq q. [[boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan]].
 
Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-a.da qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-a.ning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, un-t majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy un-ti (1918) va b.boshqa bor.
 
== Manbalar ==