Rasul Hamzatov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Hamzatov Rasul Hamzatovich''' (1923. 8.9, Dogʻiston Respublikasi, Xunzax tumani Sada qishlogʻi — 2003.3.11) — avarchi, koʻchma avar teatrida rejissyor yordamchisi, respublika gaz. tahririyati va radio qoʻmitasida adabiy xodim boʻlib ishlagan (1940 — 45). Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutda tahsil koʻrgan (1945-50).
 
Ilk sheʼrlar toʻplami — "Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat" (1943). "Bizning togʻlar" (1947), "Mening yurtim" (1948), "Togʻlik oʻlkasi", "Tugʻilgan yilim" (1950), "Katta ogʻa shaʼniga" (1952), "Dogʻiston bahori" (1955), "Qalbim mening togʻlarda" (1959), "Yuksak yulduzlar" (1962), "Bitiklar" (1963), "Yulduz yulduz bilan soʻzlashar" (1964), "Yillar ortidan yillar" (1968), "Oʻchoq boshi-da" (1969), "Chegara" (1972), "Muhab-batnoma" (1974), "Soʻnggi narx" (1976) va b.boshqa sheʼriy kitoblar mual-lifi.
 
H. ijodi Sharq va Gʻarb sheʼriyati anʼanalari oʻzaro tutashgan nuqtada paydo boʻlgan betakror hodisadir, H.ning Sharq tarovati bilan yoʻgʻrilgan va togʻli oʻlka kishilarining oʻziga xos ruhiy olamini aks ettirgan sheʼrlari 50-y.lardayillarda milliyligi, samimiyligi, lirik his va tuygʻularning bokiraligi bilan kitobxonlar va tanqidchilar eʼtiborini qozongan. H. sheʼrlarining lirik qahramoni kishilardagi yaxshi fazilatlarni qadrlay biluvchi, oʻzi ham boshqalarga mehr-muhabbatini ayamaydigan, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan, ruhiy olami boy va goʻzal insondir. H. sheʼrlarida ana shu lirik qahramon qalbining tamannolari yorqin ifoda etilgan. H., oʻz tabiatiga koʻra, lirik shoir. Shunga qaramay, u doston janrida ham ijod qilib, "Otam bilan suhbat" (1953), "Togʻ qizi" (1958), "Onalarni asrang" (1978) kabi barkamol dostonlarini yaratgan. Uning hayot va adabiyot, onavatan va zamondoshlar haqidagi "Mening Dogʻistonim" (1—2-kitoblar, 1967—71) lirik qissasi 60-y.larningyillarning 2-yarmida qardosh xalqlar adabiyotida soxta vatanparvarlik goyalari oʻrniga milliy gʻoya va milliy gʻurur tuygʻusining shakllanishida muhim rol oʻynagan. H. ning sheʼriy va nasriy asarlari, boshqa xalqlar adabiyoti qatori, shu davr oʻzbek adabiyotiga ham taʼsir oʻtkazgan. Xususan, Shukrulloning "Javohirlar sandigʻi" lirik qissasi H.ning "Mening Dogʻistonim" asari taʼsirida maydonga kelgan.
 
H. asarlari jahonning koʻplab tillariga, shu jumladan. oʻzbek tiliga tarjima qilingan. H. Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Hamid Gʻulom, Shuk-rullo, Abdulla Oripov singari oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan.
Qator 13:
* Deme ntyev V.V., Rasul Gamzatov, M., 1984.
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}