Ravoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar) using AWB
Qator 1:
'''Ravoq''' — toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik oʻrinlarining yuqori qismiga qoʻyiladigan mehrobiy yoysimon qurilma. R. yoʻnilgan, tabiiy yoki sunʼiy toshlar, beton, temirbeton, yogʻoch va poʻlat singari materiallardan ishlanadi. R.ning tayanch qismi tovon, markaziy ponasimon gʻishti yoki toshi esa qulf deb ataladi. R.lar shakliga koʻra: yakka markazli, yarim aylana shaklli, baland markazli taqasimon, bir necha markazli nayzasimon, tuxumsimon boʻladi. Hoz.Hozirgi zamon inshootlarida ichki kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida R.lar 2—3 sharnirli qilib ishlanadi. Ustunlarga tiralgan bir xil hajm va shakldagi R.lar qatori qatorak (arkada) deb nomlangan.
 
R.lar dastlab Qad. Sharq meʼmorligida vujudga kelgan. Qad. Rim meʼmorligida keng tarqalgan. Oʻrta Osiyo meʼmorligida R.ning turli xil mumtoz namunalari yaratilgan. Gumbazli binolarning xonalari koʻrkam, keng chiqishi ichkaridagi R.larga bogʻliq boʻlgan. R.lar bino yoʻlaklari, deraza va eshik tepalari hamda devorning gumbaz osti qismida boʻlgan. Ichki sathi turli shakldagi xona devorlarini R.lar yordami bilan doira shakliga keltirilgan. Gumbaz tomni baland koʻtarib yopishda devorlar oʻrniga yengil R.lar oʻrnatilgan. Gumbaz ustunlar yoki ustiga oʻrnatilgan ustunlar ham bir-biriga R.lar yordamida bogʻlangan. Agar R.ning kanoti keng boʻlsa, uning asosi yoʻgʻon, tepasi ingichka qilib zinali R. qurilgan. Gumbaz osti R.i eshik yoki yoʻlak tepasiga oʻrnatiladigan R. bilan bir joyga toʻgʻri kelsa, uni qoʻsh R. deyiladi. Katta gumbaz tomlar ustiga oʻrnatiladigan R.larning kurkam chiqishi uchun koʻp qatlamli qilib qurilgan. Boʻyi va eni bir xil boʻlgan chorsi xonalarning devorlari ustiga 8—12 R. va katta gumbaz tomlarda 16 R. gacha oʻrnatilgan.
Qator 5:
Kvadrat xona tomonlariga bittadan R. oʻrnatilsa, chortoq deb nomlangan. Devorlar ustiga 8 R. oʻrnatib, ular tepasidan oʻtgan halqa devorga yana 16 kichik R.lar joylashtirish mumkin.
 
11 —17-a.lar meʼmorligidagi R.larning murakkab tuzilishlari gʻishtlarning oʻziga xos terilishi bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbekiston meʼmorligidagi nayzasimon R.larning 100 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Xalqustalari amalda 1, 2, 3 va 4 markazli R.lar qurilish uslubidan foydalangan. Zamonaviy qurilishlarda R.larning oʻziga xos tuzilishlari yaratilmokda (koʻprik, jamoat binolari va b.boshqalar).
 
== Adabiyot ==
Qator 15:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 21 ⟶ 20:
 
[[Turkum:Arxitektura]]
 
 
{{stub}}