Refraksiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (3), va b. → va boshqa (2) using AWB |
|||
Qator 1:
'''Refraksiya''' (lot. refractus — singan) — yorugʻlik nuri yoki elektromagnit toʻlqinlari atmosferaning turli katlamlari (zichligi, trasi, namligi, bosimi, sindirish koʻrsatkichi va
Gorizontal R. kuzatish nuqtasida vizirlash nuriga urinma chiziq bilan kuzatish jismiga toʻgʻri chiziq yoʻnalishi orasidagi gorizontal burchak. Gorizontal R. vizirlash nuri oʻtadigan havo qatlamlarining zichligi va namligining har xil boʻlishi oqibatida kelib chiqadi. Gorizontal R. qiymati planli geodezik tarmoklarda sekundning oʻnlarcha ulushidan, toki bir sekundgacha (noqulay sharoitlarda) qiymatni tashkil qilishi mumkin. Aniq oʻlchashlarda gorizontal R. taʼsirini kamaytirish maqsadida oʻlchashlar har xil vaqt va sharoitlarda koʻp marta takroran bajariladi. Gorizontal burchaklarni ulchashda vizirlash nuri bino va inshootlardan uzoqrokdan oʻtishini taʼminlash gorizontal R. taʼsirini kamaytirishga imkon beradi.
Qator 5:
Astronomik R.da yoritqichdan kelayotgan nur butun atmosfera qalinligidan oʻtadi. Bunda havoning zichligi va u bilan birga sindirish koʻrsatkichi borgan sari ortib boradi. Nur trayektoriyasi qavariqligi zenit tomonga qaragan boʻlib, unga oʻtkazilgan AS’ urinma chiziq yoritqichning haqiqiy oʻrnini koʻrsatuvchi AS chiziqqa nisbatan yuqorirokdan oʻtadi. Haqiqiy z va R. tufayli oʻzgargan i zenit masofalar ayirmasi R. burchagi g deyiladi. R. zenitda nolga teng boʻlib, zenit masofa oshishi bilan ortib boradi (rasmga q.).
Yorugʻlik R.si keng maʼnoda yorugʻlikning sinishidir; bunda muhit sindirish koʻrsatkichi oʻzgarishi bilan muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik nurining yoʻnalishi ham oʻzgaradi. Koʻpincha, optik nurlanishning sindirish koʻrsatkichi nuqtadan nuqtaga ravon oʻzgaradigan muhitdan oʻtayotgan hollarda "yorugʻlik R.si" termini, ikki bir jinsli, lekin turli sindirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan muhitlar chegarasidan oʻtayotgan nurning yoʻnalishi keskin oʻzgargan hollarda "sinish" termini ishlatiladi. Optikaning bir qator boʻlimlarida "R." termini qoʻllaniladi. Bularga atmosfera optikasi, koʻzoynak optikasi, koʻz optikasi va
Radiotoʻlqinlar R.si — radiotoʻlqinlar dielektrik kirituvchanligi yoki ionlashish darajasi turlicha boʻlgan atmosfera qatlamidan oʻtganda ularning trayektoriyasi egrilanishi. Radiotoʻlqinlar R.si ionosferada, katta masofalarga qisqa radiotoʻlqinlarning tarqalishida, troposferada esa ultrakiska radiotoʻlqinlar tarqalishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tovush R.si — bir jinsli boʻlmagan muhit (atmosfera, okean) da Tapkalgan tovush (tezligi koordinataga bogʻliq) nurlarining egrilanishi. Tovush tezligi gradiyenti qancha katta boʻlsa, shuncha kuchli R. yuz beradi. Atmosferada tovush R.si havo trasi, shamolning tezligiga va yoʻnalishiga bogʻliq. Balandlik oshgan sari
Okeandagi tovush R.si tra, shoʻrlik va gidrostatik bosimga bogʻliq. Okeandagi R. tovushning oʻta uzoqqa tarqalishi, soya zonalar hosil boʻlishi, tovushning fokuslanishi va tovush tarqalishi kabi boshka xususiyatlarni keltirib chiqaradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 16:
{{manbalar}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->▼
{{stub}}▼
▲{{stub}}
▲{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|