Revmatizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Revmatizm''' (yun. rhevmatismos shilliq) — biriktiruvchi toʻqimaning keng tarqalgan yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bunda, asosan, yurak, boʻgʻimlar va b.boshqa aʼzolar yalligʻlanadi. Streptokokklar qoʻzgʻatadigan qaytalanib turuvchi kasalliklar (asosan, angina) va organizmning streptokokklar taʼsiriga javoban koʻrsatiladigan allergik reaksiyalarga (q. [[Allergiya]]) moyilligi kasallikning kelib chiqishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Angina bilan ogʻrigan bemorlar R.ga koʻproq chalinishadi. Sovqotish R.ning avj olishiga zamin yaratadi, shuning uchun kasallik koʻproq yilning sovuq va namgarchilik faslida kuzatiladi.
 
R.ga aksariyat 7—15 yashar bolalar chalinadi. Kasallik oʻtkir boshlanishi mumkin; anginadan tuzalgandan soʻng 10—14 kun oʻtgach, harorat yana koʻtariladi, ogʻriq paydo boʻladi, tirsak, bilakkaft usti, tizza, boldiroyoq panjasi boʻgʻimlari va b.boshqa boʻgʻimlar qizarib, shishib chiqadi (revmatik poliartrit). Bunda boʻgʻimlarning zararlanishi turgʻun boʻlmaydi, odatda, 10— 12 kun oʻtgach, poliartritning hamma alomatlari yoʻqolib ketadi. Lekin bunday tuzalish vaqtincha, chunki ayni vaqtda yurak (muskul qavati, klapanlari, tashqi pardasi) ham zararlanadi. Klapanlarning revmatik zararlanishi ularning turgʻun deformatsiyasiga va yurak porogi paydo boʻlishiga olib keladi (q. [[Yurak poroklari]]).
 
R.da yurakning zararlanishi (revmokardit) poliartritsiz ham avj olishi mumkin. R.ning boshka aʼzolar va toʻqimalar, chunonchi nerv sistemasini ham zararlantirishi mumkinligini hisobga olish zarur. Nerv sistemasi zararlanganda bolaning oyoqqoʻllari beixtiyor uchib turadi, oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tez toliqish kuzatiladi (q. [[Xoreya]]). Boʻgʻimning shishishi va ustidagi terining qizarishi bilan davom etadigan har qanday ogʻriq — R., xuddi shuningdek, yurak sohasidagi noxush sezgilar va yurak urishi revmokardit belgilari boʻlavermaydi. Shu bois R.ni faqat mutaxassis vrach tekshirib aniqlashi mumkin. Vrachga oʻz vaqtida murojaat qilinsa, bemorni muvaffaqiyatli davolab, tuzatib yuborsa boʻladi. Kasallikning ogʻir (oʻtkir) bosqichida bemor, odatda, kasalxonada davolanadi. Kasalxonadan chiqib ketgandan keyin ham uzoq vaqt revmatologiya kabineta vrachi kuzatuvida boʻladi. Doridarmonlar bilan davolash tartibi, vrach tavsiya etgan gimnastika rejimi va darajasi kasallikning kechish xususiyatlari, yurak porogi, qon aylanishining yetishmovchiligi boryoʻqligi va h.k. bilan belgilanadi. Bemorda surunkali gaymorit, otit, faringit, tonzillit kabi kasalliklar.boʻlsa, ularni davolash, zarur deb topilganda operatsiya qilish R.ning yangi xurujlari oldini olishda zaruriy shart hisoblanadi.
Qator 10:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}