Rivojlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi using AWB
Qator 1:
'''Rivojlanish''' — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. R. natijasida obʼyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. R. tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. R. ning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyusion R. va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy R. Evolyusion R. jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy R. esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyusion R. jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy R.da jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyusion R. yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. R.ning progressiv, taraqqiyot turi (q. [[Taraqqiyot]]) bilan regressiv, tanazzul turi (q. [[Inqiroz]]) farqlanadi.
 
Hoz.Hozirgi zamon fanida R.ning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi (yana q. [[Miqdor oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni]], [[Qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni]], [[Inkorni inkor qonuni]]).
 
Baxtiyor Toʻrayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 8:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}