Ruda (mineral hosila): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Ruda (maʼnolari)}}
'''Ruda''' — tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham R. deb yuritiladi. R. tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. R. bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi. Tarkibida foydali yoʻldosh minerallar (komponentlar) boʻlganlari kompleks R.lar deb yuritiladi. R.ning tarkibida boʻlgan minerallar miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq qilinadi. Barcha tub choʻkindi, magmatik va metamorfik tog jinslari tarkibida boʻlgan R.lar tub R.lar deyiladi; dare, koʻl, dengiz va okean choʻkindilaridan olinadiganlari sochma R. deb yuritiladi. Qazib olish va qayta ishlash uchun R.larning qator xossalari ahamiyatga ega: kattikligi, darzliligi, hajmiy ogʻirligi, erish harorati, magnit va elektromagnitligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi, erish va sorbsion xususiyatlari, granulometrik tarkibi va b.boshqa Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa togʻ jinslaridan iborat uyum R. tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtokverk, tomirsimon) shakllarga ega. Yaqin joylashgan bir nechta R. tanalari R. maydoni yoki konini hosil qiladi, R. koni bitta R. tanasidan iborat boʻlishi ham mumkin. R. konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis, qoʻrgoshin, rux, nikel, surma), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran, toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy, reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, seziy va b.boshqalar) va nodir metallar konlariga ajratiladi.
 
Bir nechta R. konlari katta masofaga choʻzilib joylashganda rudali mintaqa deb nomlanadi. Mas, Amerikaning Buyuk kumushli mintakasi Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli mintakasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 &nbsp;km masofaga choʻzilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan; Jan. Amerikaning misli mintaqasi 4 ming km ga choʻzilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili mamlakatlarida joylashgan R. konlaridan iborat. Geografik va geologik jihatdan alohida ajralib turgan yakka yoki bir necha R.li formatsiyalarga ega boʻlgan mintaqa R.li rayon deb ataladi (Mas, Fargona surmasimob rni, AngrenOlmaliq rni, Kizilqum oltin R.li rayoni). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 13 ⟶ 12:
 
[[Turkum:Mineralogiya]]
 
 
{{stub}}