Ruhoniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (3) using AWB
Qator 1:
'''Ruhoniy''' — diniy lavozimda xizmat qiluvchi, dinni targʻib etuvchi kishi, din peshvosi. R. buddizm, iudaizm, xristianlik, hinduiylik, islom va b.boshqa dinlarda mavjud. R. monoteistik dinlar kelib chiqishi bilan paydo boʻlgan. Kohinlar R.larning oʻtmishdoshi hisoblanadi. R.larning oliy tabaqasiga xudoning yerdagi noibi (katolitsizmda — Rim papasi) yoki xudoning unda mujassam boʻlishi (lamaizmda — dalaylama, ismoiliylarda — firqa boshligʻi) deb eʼtiqod qilinadi.
 
Pravoslav cherkovida R.lar qora R.lar (monaxlik turmush tarzini qabul qilganlar) va oq R.larga boʻlinadi. Rus pravoslav cherkovida R.lar moddiy jihatdan cherkov qavmlari tomonidan taʼminlanadi. Ular diniy seminariya va akademiyalarda tayyorlanadi.
 
Islom dini endigina yoyilayotgan davrda davlat va diniy jamoa birbiridan ajralmagani uchun maxsus R. boʻlmagan. Maʼmuriy-siyosiy ishlar bilan shugʻullangan kishilar R.lar vazifasini ham bajargan. Maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng R.lar qatlami vujudga kelgan va tabaqalanish boshlangan. Sunnishikda oliy ruhoniy muftiy hisoblanadi, shialikda oyatulloh, hujjat alislom, shayx ulislom va h.k. Shariat ishlarini boshqaruvchi faqih, qozi, aʼlam va b.boshqa, dare beruvchi mudarrislar ham R.lar tabaqasiga kiradi. Oʻzbekistonda islom dini uchun ruhoniy kadrlar Toshkent islom instituti, Mir Arab madrasasi va b.boshqa turli diniy bilim yurtlarida tayyorlanadi. R. jamiyatning maʼnaviy hayotiga muayyan taʼsir koʻrsatadi.
 
Keyingi paytlarda "R." atamasi islomdan boshqa din arboblariga qoʻllaniladigan boʻldi. Islomda bu soʻz oʻrnini ulamo soʻzi egallagan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}