Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → Qishloq xoʻjaligi, b-n → bilan (2), y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (8) using AWB
Qator 1:
{{Ruminiya info}}
'''Ruminiya''' (Romania) — Yevropaning janubiy sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391  km². Aholisi 21,33 mln. kishi (2012). Poytaxti — Buharest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) va uyezdga tenglashtirilgan Buharest munitsipiyasiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Ruminiya hududining aksari qismini togʻlar va tepaliklar (oʻrtacha balandligi 800 m) egallaydi. Asosiy togʻ tizmasi — Karpat mamlakat hududida katta yey shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi — Moldavyanu togʻi 2544 m). Karpat togʻlarida kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Transilvaniya platosi va Gʻarbiy Ruminiya togʻlari ham Karpat tizmasiga mansub. Janubda Quyi Dunay pasttekisligi va Gʻarbda Oʻrta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Qora dengiz oraligʻida Dobruja platosi choʻzilgan. Ruminiya xududida Qora dengiz sohilining uzunligi 245  km. Konstansadan shimolroqda qirgʻoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qoʻltiqcha)lar bilan parchalangan, qirgʻoqqa yaqin joylarda orol koʻp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshkoʻmir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi — moʻtadil kontinental iqlim.
 
Eng katta daryosi — Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq, balandliklarda qoʻngʻir va kulrang oʻrmon, togʻlarda, asosan, togʻoʻtloq tuproqlar tarqalgan. Daryo qayirlarida oʻtloq, qamishzor, oʻrmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat togʻ oldida (400—700400–700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat togʻlarida (800—1200800–1200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1500—18001500–1800 m gacha) igna bargli daraxtlar usadi. Togʻlarning eng baland joylari subalp va alp oʻtloqlari bilan band.
 
Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda boʻri, tulki, qoplon, boʻrsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyoʻgʻli, qizilishton, kakku va boshqalar yashaydi. Togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayiq, bugʻu, dashtlarda sugʻur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy bogʻi va bir necha qoʻriqxona tashkil etilgan.
Qator 45:
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va b.boshqa
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8-yillik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2-yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara sh.larida untlar, politexnika intlari va b.boshqa oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Q.x.Qishloq xoʻjaligi fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy FA, ularning filiallari va i.t. institutlari, idoraviy i.t. institutlari bor. FAning kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va b.boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. R.da koʻpgina gaz., jur. va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gaz., 1989-yildan), "Az" ("Bugun", kundalik gaz., 1990-yildan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gaz., 1990-yildan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gaz., 1990-yildan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990-yildan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gaz., 1990-yildan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gaz., 1943-yildan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jur., 1990-yildan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-a.da dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va b.boshqa ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-a. 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida, ayniqsa, 1-jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. 2-jahon urushidan soʻng , ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.
 
== Meʼmorchiligi ==
Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hozirgi Mangaliya; Istriya; Tomi, hozirgi Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining harobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17a.larda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar b-nbilan, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16—18-a.larda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va b.boshqalar) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18a. oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-a. 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va b.boshqalar) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-a. 30-y.laridayillarida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.
 
Tasviriy sanʼati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-a.ga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-a.dan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-a. devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-a. qabr haykaltaroshligi). 18-a. devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-a.lar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-a. cherkovlari devoriy rasmlar b-nbilan, 17—18-a.larda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14— 15-a.larda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-a. rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-a.lardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692 , rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-a. boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va b.boshqalar). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va b.boshqalar). 20-a. 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari — kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi.
 
== Musiqasi ==
Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va b.boshqa Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-a. 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-yil rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-a. 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.
 
Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida "kelushariy" (nikoh marosimi) va "brezaya" (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-a.larda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va b.boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rej.lari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va b.boshqa
 
== Kinosi ==
Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film — "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-a.ning 2-yarmida "Tashnalik", (rej. M. Dregan), "Dunay toʻlqinlari" (rej. L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rej. F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rej. M. Markus), "Devor" (rej. K. Vayeni), "Lahza" (rej. Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va b.boshqa 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati institutida tayyorlanadi.
 
== Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari ==