Sadoyi Turkiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB
Qator 5:
Gaz. tahririyatining oʻzagini 20-a. boshidagi oʻzbek maʼrifatparvar adabiyoti va publitsistikasining yetakchi namoyandalari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Muzaffarovlar tashkil etgan. Ular bosh muharrir U. Asadullaxoʻjayevga gaz. faoliyatini yoʻlga qoʻyishda faol koʻmaklashganlar. Gaz. qiyofasini belgilaydigan asosiy maqolalarni ham shular yozishgan. "S. T." da davrning Toʻlagan Xoʻjamyorov (Tavallo), Abdulhamid Sulaymonov (Choʻlpon), Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirmuhsin (Shermuhamedov), Abdulla Qodiriy, Xolid Sayd, Saidnosir Mirjalilov, Moʻminjon Muhammadjonov, Abdulla Ergʻoziyev, Noʻshiravon Yovushev, Siddiqiy, Lutfulla Olimiy, Ibrohim Davron, Shokirjon Rahimiy kabi millatparvar adib va ziyolilari faol hamkorlik qilganlar.
 
Turkistonning maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga koʻmaklashish maqsadida chiqarilgan bu gaz.da milliy taʼlimni zamonaviylashtirish, millat dardini aks ettiruvchi adabiyot va sanʼat yaratish, millat ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi matbuotni rivojlantirish, ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, axloqiy tarbiyani kuchaytirish va b.boshqa davr uchun dolzarb muammolar keng yoritilgan.
 
"S.T." yurtparvarlik, millatparvarlik, maʼrifatparvarlik kabi olijanob gʻoyalarni izchil targʻib qilgan, Turkiston istiqloli va istiqbolining maʼnaviyaxloqiy negizlariga daxldor muammolarni dadil koʻtarib chiqqan. Gaz. asosiy eʼtiborni milliy taraqqiyotni yuzaga chiqarishga qodir boʻlgan maʼrifatli, insofli, diyonatli insonlarni tarbiyalashga yoʻnaltirdiki, bu uning tarixiy xizmatidir. Milliy hislarni tarbiyalashdagi sobitligi jihatidan "S.T." oʻsha davrdagi milliy matbuot nashrlari safida oldingi oʻrinda turadi. Gaz. faoliyati moddiy qiyinchiliklar tufayli toʻxtagan. Jami 66 soni chiqqan, xolos. U. Asadullaxoʻjayev 1916 y.dayilda "ST." faoliyatini Andijon sh.dashahrida tiklamoqchi boʻlgan. Biroq Fargʻona viloyati harbiy gubernatori gaz.ni chiqarishga ruxsat bermagan.
 
== Adabiyot ==
Qator 15:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}