Shahar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (2), Sh.ni → shahrini using AWB
Qator 8:
Shahar — aholisi, asosan, [[sanoat]], [[savdo]], shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, [[fan]] va [[madaniyat]] [[soha]]larida band boʻlgan yirik aholi [[manzilgoh]]i. Sh. — bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan [[markaz]]. Sh. atrofidagi [[tuman]]lar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga Sh. maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Sh. toifasiga oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Turli mamlakatlarda Sh. maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va [[Ispaniya]]da aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming , Tojikiston va Qirgʻizistonda 10 ming , Rossiyada 5—12 ming , Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Sh.lar kichik (50 minggacha), oʻrta (50—100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, [[Nukus]], [[Qarshi]], [[Urganch]], [[Olmaliq]], Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Sh.lar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Sh.larga ajratiladi.
 
Shahar aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortigʻini tashkil etadi. BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi boʻlgan Sh.lar — megashahar deb yuritiladi. Bunday Sh.lar Yer yuzida 1950 yilda 2 ta, 1995 yilda 22 ta, hoz.hozirgi kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki Sh. atrofida Sh. va shaharchalarning zich joylashishi Sh.lar aglomeratsiyasi deyiladi. Eng yirik Sh. aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay, Shanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar Oʻzbekistonda Toshkent, Fargʻona — Margʻilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar Sh. aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Bir necha Sh. aglomeratsiyalari qoʻshilib, megalapolis yoki megapolislarni tashkil qiladi. Hoz.Hozirgi Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar bor. Baʼzan yirik Sh.lar yonida yoʻldosh shaharlar vujudga keladi.
 
== Tarixi ==
Qator 16:
 
== Shaharni boshqarish ==
Oʻzbekiston Respublikasida Sh.nishahrini hokim boshqaradi. Uning vakolat muddati 5 yil. Toshkent Sh. hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va bu masala tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Hokimlarning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. Hokim faqat oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rahbarlik kilayotgan organlarning karorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir.
 
{{commonscat|Cities|Shaharlar}}