197 605
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Sh.ning → shahrining (10) using AWB) |
||
'''Sheʼriyat''', poeziya — sheʼriy asarlar majmui. Dastlab Sh. deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. Sh. badiiyatga daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat sheʼr shaklida yozilgan bitiklargina soʻz sanʼatiga tegishli hisoblab kelingan. Garchi qadim zamonlarda ham nasrga oid asarlar yaratilgan boʻlsada, ular nafis sanʼatga, badiiy adabiyotga tegishli emas, deb qaralgan. Sheʼrning muayyan ichki tartib asosiga qurilganligi, oddiy soʻzlashuvga oʻxshamasligi, hamma ham fikru tuygʻularini bu shakdda ifodalay olmasligi unga qandaydir sirlilik, mumtozlik maqomini beradi. Bunday qarash butun dunyoda hukmron boʻlgan. Yevropada Uygʻonish davriga kelibgina nasriy asarlar badiiy adabiyotga tegishli ekanligi tan olingan. Rossiyada 19-asr boshlarida nasriy asarlar ham badiiy adabiyot namunalari sanaladigan boʻldi. Musulmon Sharqida esa, nasrni soʻz sanʼatiga tegishli, deb hisoblamaslik 19-asr oxirlariga qadar davom etib keldi.
Alisher Navoiy "Hayrat ulabror" asarida chamanzordagi gul kabi goʻzal va tartibli sheʼr (nazm)ning tuproqqa qorishib yotgan chechak singari boʻlgan nasrdan mislsiz darajada ustun ekanligini "Nazm anga gulshanda ochilmogʻligʻi, Nasr qaro yergʻa sochilmogʻligʻi" va "Boʻlmasa eʼjoz (moʻʼjiza) maqomida nazm, Boʻlmas edi Tengri kalomida nazm" tarzida ifoda etadi. Shuning uchun ham oʻzbek adabiyoti tarixida Sh. ustuvor oʻrin tutadi.
SH. tufayli inson nutqi jarangdor musiqiylik, tugallik, butunlik va uygʻunlik kasb etadi. Chunki
SH. uchun voqea va tafsilotlar tasviri emas, balki inson ruhiyati ifodasi muhimdir. Bu borada oʻzbek Sh.i ayricha yuksak maqomda turadi. Shu bois milliy Sh. uchun voqeabandliqdan koʻra inson tuygʻulari jilvasi, chigal kechinmalarini hissiyotga taʼsir etadigan, uni titroqqa soladigan yoʻsinda ifoda etish muhimdir. Qatʼiy poetik qoliplarga amal etilgan holda sheʼriy kashfiyotlar qilish zaruriyati oʻzbek Sh.ining mukammallashuviga olib keldi.
Shoir sheʼriy olamining tamomila oʻzgachaligi, muayyan sheʼrda ifodalangan poetik mazmunni boshqa asarlarda, boʻlakcha yoʻsinda berish deyarli mumkin emasligi
Soʻz sanʼatining alohida shakli sifatida nasrning paydo boʻlishi oʻzbek Sh.ining mohiyatini oʻzgartirib, taraqqiyotini susaytirib qoʻymagan boʻlsada, uning tabiatiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Yangi oʻzbek Sh.i yanada nafislashdi, yanada turfalashdi. Sh. jamiyat va tabiatda roʻy bergan hayotiy hodisani badiiy hodisaga aylantirish vositasi hamda shaxsiy kechinmalarni, shoirning betakror va haqiqiy hislarini ifoda qilishning yoʻli sifatida shiddat bilan rivojlanmoqda. Shubhasiz, yangi oʻzbek Sh.i koʻproq lirik mohiyat kasb etayotir.
Qozoqboy Yoʻldoshev.
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|