Shimoliy dengiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Sh.d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (3), Mayd. → Maydoni using AWB
Qator 1:
'''Shimoliy dengiz''' - Atlantika okeanining chekka dengizi, Yevropa (Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya) qirgʻoqlariga tutash, sharqda Skandinaviya va Yutlandiya ya.o.lari, gʻarbda Buyuk Britaniya, Orkni va Shetlend o.lari bilan oʻralgan. Boltiq dengizi bilan Daniya boʻgʻozlari, Atlantika okeani bilan PadeKale va LaMansh boʻgʻozlari orqali bogʻlangan. Mayd.Maydoni 565 ming km². Qirgʻoqlari shim.sharqida fordli, qolgan qismi past, baʼzan qumli. Aksari qismining chuq. 100 m dan ortiq, jan. qismida sayozliklar bor. Eng chuqur joyi 725 m. Eng yirik oroli — Gelgoland o. Sh.d.gaShimoliy dengizga Elba, Vezer, Reyn, Temza daryolari quyiladi. Suvining t-rasitemperaturasi fevralda 2 — 7°, avg .da 12—19°. Shoʻrligi 31—35%0. Dek.dan mart oylarigacha qirgʻoklarga yaqin qismida muzlar suzib yuradi. Teztez tuman boʻladi. Suv koʻtarilishi (7,6 m gacha) har yarim sutkada takrorlanadi. Shamollar taʼsirida dengiz suv sathi 3 m va undan ortiq koʻtariladi va natijada Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya sohillarining ancha qismini suv bosadi. Organik dunyosi Shim. Atlantika zoogeografik oblastiga mansub. Sh.d.daShimoliy dengizda oʻsimliklarning 300 dan ortiq turi uchraydi, hayvonlarning 1500 dan ziyod turi yashaydi. Baliq (kambala, treska, piksha, sayra, skumbriya, seld va boshqalar) ovlanadi. Dengiz tubidan neft va tabiiy gaz olinadi. Sh.d.Shimoliy dengiz orqali Atlantika okeaniga muhim dengiz yoʻllari oʻtgan. Asosiy portlari: Rotterdam, Amsterdam (Niderlandiya), Antverpen (Belgiya), London, Immingem, Xall (Buyuk Britaniya), Gamburg , Bremen, Vilgelmsxafen (GFR), Gyoteborg (Shvetsiya), Oslo, Bergen (Norvegiya).
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->