Shimoliy Mariana orollari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (3), Mayd. → Maydoni using AWB
Qator 1:
'''Shimoliy mariana orollari''', Shimoliy Mariana Orollari Hamdoʻstligi — Tinch okeanning gʻarbiy qismi, Mikroneziyadagi Mariana orollari guruhida joylashgan davlat. Mayd.Maydoni 477 km². Aholisi 77,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Susupe shahri (Saypan o.da). Aholisining asosiy qismi — tub joy aholisi boʻlgan chamorrolar. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar.
 
Davlat tuzumi. Sh.M.O. — "AQShga erkin qoʻshilgan qudud". Davlat va ijrochi hokimiyat boshligʻi — gubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi).
Qator 7:
da Sh.M.O. AQSH bilan erkin uyushishi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. 1993 yilda AQSH vasiyligi bekor qilindi.
 
Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyohlik (yiliga 200 mingga yaqin sayyoh kelibketadi; asosan, Yaponiyadan) va q.x.qishloq xoʻjaligi (mamlakat hududining ‘D qismiga yaqini band). Kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, non daraxti, kofe oʻstiriladi, pomidor va qovun ekiladi. Baliq (asosan tunets) ovlanadi va qayta ishlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi.
 
Sanoati q.x.qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, ichimliklar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uz. 494 km (27% qattiq qoplamali). Chetga q.x.qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.
 
SH.M.O.da ingliz va mahalliy (chamorro) tillarda "Marianas verayeti nyus end vyus" ("Mariana yangiliklari", 1972 yildan), "Marianas revyu" ("Mariana sharhi", 1979 yildan) va ingliz tilida "Marianas observer" ("Mariana kuzatuvchisi") haftanomalari, ingliz tilida "Saypan tribyun" ("Saypan minbari", haftada 2 marta) gaz. chiqadi. "Inter aylend komyunikeyshn inkorporeyted" tijorat radioeshittirish xizmati 1984 yil tashkil etilgan. 33 kanalli "Tropik aylendz keybl TV korporeyshn" tijorat televideniye korporatsiyasi 1988 yildan faoliyat koʻrsatadi.