Shuayb: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Sh.ning → shahrining using AWB
Qator 1:
'''Shuayb''' — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Arabistonlik 4 paygʻambardan (Hud, Solih, Muhammad bilan birga) biri. Sh. oʻz qavmini fasohatli usullar bilan imonga daʼvat etganligidan "paygʻambarlar xatibi" deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengiz qirgʻogʻidagi Madyon degan joyda yashab oʻtgan. Bu qavm, asosan, savdosotiq bilan shugʻullangan. Ular Allohga ibodat qilish oʻrniga turli ilohlarga sigʻinadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qoʻygan, bu yoʻlda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida toshtarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. oʻz qavmini savdoda halollikka, kishilar haqiga xiyonat qilmaslikka daʼvat eta boshladi. Sh.ningshahrining nasihatlariga koʻnmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qurʼonda paygʻambarlarga boʻysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi (7: 8587; 11: 87—90).
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}