Robert Schumann: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Sh.ning → shahrining using AWB
Qator 1:
'''Shuman Robert Aleksander''' (1810.8.6, Svikkau — 1856.29.7, Endenix, Bonn yaqinida) — nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. F.Vik (fortepiano) va G.Dorn (kompozitsiya)dan taʼlim olgan. Sh. ijodi uchun dasturlilik va inson tuygʻularini chuqur psixologik ochib berish xos. Sh. oʻz asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni oʻziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat boʻlgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan — "Simfonik etyudlar", "Karnaval", "Fantastik pyesalar" kabi turkumlari, shuningdek, "Fantaziya", 3 sonata, konsert va boshqalar ajralib turadi. Vokal lirika tarixida Sh.ningshahrining G.Geyne ("Shoir sevgisi"), A.Shamisso ("Ayol hayoti va sevgisi"), yilEyxendorf ("Qoʻshiqlar davrasi") sheʼrlariga yozgan qoʻshiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Sh. "Genoveva" (1848) operasi, J.Bayronning "Manfred" poemasiga musiqa, 4 simfoniya, kamer hamda xor asarlari va boshqalar muallifi. Sh.Leypsigda "Yangi musiqa jurnali"ni tashkil etib (1834), ilgʻor gʻoyalarni oldinga surgan. Sh. Sharq mavzularida kamercholgʻu ("Arabcha", "Sharq manazaralari"), kamervokal ("Sharq gullaridan", "MagʻribMashriq devonidan") va yirik ("Jannat va Peri" oratoriyasi, 1843) asarlarini yaratgan.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}