Simbioz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi using AWB
Qator 3:
Oʻsimliklar bilan mikroorganizmlar oʻrtasidagi S.ga mikoriza misol boʻladi. Bunda zamburugʻ mitseliysi yuksak oʻsimliklar ildizi bilan S. yashaydi. Oʻsimlik ildizi suv va mineral oziqni tuprokdan shimib oladi. Zamburugʻ esa tuprokdagi organik birikmalarning parchalanishiga yordam beradi. Azotobakteriyalar dukkakli oʻsimliklarning ildizida yashab, havodagi erkin azotning oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Hayvonlar bilan oʻsimliklar orasidagi S.ga misol tariqasida bir hujayrali suvoʻtlar, ayrim bir hujayrali hayvonlar, boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar), kiprikli chuvalchanglar oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrsatish mumkin. Suvoʻtlar korall poliplar hujayralariga joylashib olib, ularning oʻsishi va rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Xayvonlar (shu jumladan, odam) bilan mikroorganizmlar oʻrtasida ham S. keng tarkalgan. Ichak mikroorganizmlarining ovqat hazm qilishda ishtirok etishi bunga yaqqol misol buladi. Ayrim xasharotlar ichagida sellyulozaning hazm boʻlishi ichakda yashaydigan achitqi zamburugʻlari ajratib chiqaradigan fermentlar bilan bogʻliq. Xuddi shunga oʻxshash S. kavsh kaytaruvchi sut emizuvchilar bilan ular oshqozonida yashaydigan infuzoriyalar orasida ham mavjud.
 
Organizmlar oʻrtasidagi simbiotik munosabatlar evolyusiya jarayonida katta ahamiyatga ega. 19-a.ning 60y.larida rus olimi A.S.Faminsin lishayniklarni S. yashaydigan organizmlardan iborat ekanligini aniqlagan. 20-a. boshlarida K. S. Merejkovskiy bu xildagi evolyusiya jarayonini simbiogenez deb atagan. Hoz.Hozirgi zamon biol.sida S.ga har xil turlarga mansub organizmlar oʻrtasidagi har qanday munosabatlar (parazitizm, kommensalizm, mutualizm) tarzida qaraladi.
 
Abdukarim Zikiryoyev.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}