Sind daryosi boʻyidagi jang: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: S.d. → {{subst:FULLPAGENAME}}, y.ning → yilning using AWB
Qator 1:
'''Sind daryosi boʻyidagi jang''' — Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qoʻshinlari oʻrtasidagi jang (1221 y. 24—26 noyabr). Parvon jangida magʻlub boʻlgan moʻgʻullar Chingizxon boshchiligida ulkan lashkar toʻplab Jaloliddinga qarshi otlangan. Son jihatdan moʻgʻullar bir necha barobar ziyod boʻlgan, shu tufayli xorazmliklar Sind (Hind) daryosi tomon chekinishgan. Jaloliddin Parvonda avval uni tark etgan Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar malik kabi amirlar bilan birlashib, Chingizxonga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Ammo, oʻylangan rejaning amalga oshishiga yov imkon bermaydi. Ildam yetib kelgan Chingizxon Jaloliddinning Oʻrxon boshliq ugʻruqiga hujum qilib, uni yakson etadi. Dushmanning lashkari bilan Sind daryosi orasida qolgan Jaloliddinning jangga kirishdan uzga chorasi qolmaydi. S.d.bSind daryosi boʻyidagi jangb.j. 1221 y.ningyilning 24 noyabr erta saharda boshlanadi va 3 kun davom etadi. Dastlabki kun Jaloliddin xos askarlari bilan yovning Chingizxon joylashgan markaziga shiddatli hujum uyushtiradi va uni 2 boʻlakka ajratib yuboradi. Ammo, 10 ming kishilik moʻgʻullar pistirmasi uning yoʻlini toʻsadi. Bu pistirma Jaloliddinning qaynotasi Amin ulMulk qoʻmondonligidagi oʻng qanotni tormor etadi, qolganqutganlarini esa Jaloliddin zoʻr shijoat bilan jang olib borayotgan markazgacha quvib boradi. Xorazmliklarning soʻl qanoti moʻgʻullarga bardosh berolmay yengiladi. Ogʻir ahvolda qolgan Jaloliddin 700 ga yaqin otliq askarlari bilan mardlarcha qarshilik koʻrsatadi. Chingizxon uni tiriklayin qoʻlga olishni buyuradi. Dushman sultonni qurshovga oladi, ular oʻz niyatlariga yetay deb turganda Jaloliddinning togʻavachchasi va xos amirlaridan boʻlgan Axos malik uni xdlqa ichidan olib chiqishga erishadi. Jang vaqtida sultonning goʻdak oʻgʻli yov qoʻliga asir tushadi. Chingizxon uni qatl etishga hukm qiladi. Janggoxdan chiqqan Jaloliddin qarindoshurugʻlari bilan vidolashadi va ularni Sindga gʻarq qilishga ijozat beradi, soʻngra qayta hujumga tashlanadi, noiloj ahvolda qolgach, 10 gaz bal.dan oti bilan daryoga sakraydi. Daryoning narigi qirgʻogʻiga sogʻsalomat oʻtib olgan sultonning bu qahramonligini koʻrgan Chingizxon Jaloliddinni taʼqib etishni man qiladi va oʻz aʼyonlari hamda farzandlariga qarata shunday deydi: "Otaga shunday oʻgʻil zarurki, u ikki girdob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!" (Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994). Jaloliddin Sinddan suzib oʻtishga muvaffaq boʻlgan 4 mingga yaqin askarlari bilan birlashadi va Hindistonning shim. hududlari tomon yoʻl oladi.
 
== Adabiyot ==
Qator 6:
Hamidulla Dadaboyev.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}