Soliq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 2:
 
Davlat [[byudjet]]i [[daromad]]lar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi.
Soliq [[iqtisodiy kategoriya]] sifatida, sof [[daromad]]ning bir qismini [[byudjet]]ga jalb qilish shakli boʻlib, [[moliya]]viy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
 
'''Soliq '''— bu [[davlat]]ning oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan [[byudjet]]ga majburiy toʻlovlarni undirish shakli.
 
'''Soliqlar''' — davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki molmulkidan undiriladigan va byudjetgan oʻtkaziladigan majburiy toʻlov. S. davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri. S.ning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qad. tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan S.ning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hoz.Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi S.ning obʼyektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Davlat daromadlari manbalari tarkibida S. salmoqli oʻrinni egallaydi. Mas, davlat byudjeti daromadlarining 70—90% S. hisobiga taʼminlanadi. Har qanday S.ning asosiy unsurlari: soliq subʼyekti (yoki soliq toʻlovchi) — qonun yoʻli bilan shu soliqni toʻlash majburiyati yuklangan fuqarolar, korxona, tashkilotlar; soliq obʼyekti — undiriladigan soliq summasini hisoblab chiqarishga asos boʻladigan daromad yoki molmulk (ish haqi, sotish hajmi, korxona molmulki qiymati, yer, qazib olingan qazilma boyliklar hajmi va b.boshqalar); soliq manbai — aniq bir soliqni toʻlashga manba boʻladigan daromad (daromad turi) (ish haqi, foyda, gonorar — ijod haqi) yoki daromad keltirishi mumkin boʻlgan molmulk (yer, imorat,. meros, hadya mulk va b.boshqalar); soliq stavkasi.
 
Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri S.ga boʻlinadi. Toʻgʻri S. molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va b.boshqa Egri S (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan S. Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, S. tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) S. va yigʻimlardan tashkil topadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasida S. tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997 y. 24 apr.da qabul qilingan va 1998 y. 1 yanv.dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat S.i: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurelaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat S.i har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy S. va yigʻiml a r — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va b.boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.
 
Davlat tomonidan undirilgan S. byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.
Qator 51:
— soliqli [[kredit]] (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish).
 
 
{{economy-stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Soliqlar]]
 
 
{{economy-stub}}