Som-hom tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: S.h. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5), Hoz. → Hozirgi, va b. → va boshqa (3) using AWB
Qator 1:
'''Som-hom tillari''', afrika osiyo tillari — Afrikaning Atlantika okeani qirgʻogʻi va Kanar o.laridan Qizil dengiz qirgʻogʻigacha boʻlgan shim. qismida, Gʻarbiy Osiyo hamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. S.h.tSom-hom tillarit. da (asosan, arab tilining turli lahjalarida) soʻzlashuvchilarning guruhlari shu tillar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi koʻpgina mamlakatlarda ham uchraydi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. S.h.tSom-hom tillarit. 5 tarmoqqa boʻlinadi: som tillari, qad. misr tili, barbarliviya tillari, chad tillari, kushit tillari. Baʼzi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari koʻrsatilsada, bu fikr hali toʻliq tasdiqlanmagan.
 
S.h.tSom-hom tillarit.ning som tarmogʻi tarqalish va soʻzlashuvchilar soni boʻyicha alohida oʻrin tutadi. Insoniyat hozirgi kunda foydalanib kelayotgan eng asosiy alifbolar (arab, lotin, yunon, qad. va hozirgi hind) ushbu tarmoqqa mansub finikiy tili yozuvidan kelib chiqqan. Finikiy tili, shuningdek, akkad, oromiy, ugarit, qad. yahudiy, nabotiy, falastin va b.boshqa bir qancha tillar oʻlik tillardir. Illy tarmoqdagi eng keng tarqalgan til arab tilidpr. Unda 20 ga yaqin arab mamlakatlaridagi 200 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Yana jonli tillardan rasmiy til darajasidagi malta, amhara, ivrit tillarini, shuningdek, kam sonli aholi soʻzlashadigan mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra, tigray, tigre, argobba kabi tillarni koʻrsatish mumkin. Misr tarmogʻi Qad. Misrda mil. av. 4ming yillik oxiridan mil. 5-a.gacha boʻlgan davrga mansub iyeroglifik yodgorliklar va demotik (xalqona) yozuvdagi hujjatlardan maʼlum qad. misr tilini hamda qibtiy (kopt) tilini (qad misr tilining 3—17-a.lardagi davomchisi) qamrab oladi. Qibtiy til yunon alifbosi asosidagi yozuvga ega, u 17-a. dan umumisteʼmoldan chiqqan, lekin hozirgi gacha Misrdagi pravoslav cherkovining ibodat tili hisoblanadi. Barbarliviya tarmogʻi Shim. Afrika va Sahroi Kabirda tarqalgan barbar xalqlarining koʻplab til va laxjalarini kamrab oladi. Bular: tashelxit (shilx, shlux); tuareg tillari (tamashek, taneslemt, gxat); zenet tillari (rif, senxayya, kabil); zenaga, tamazigxt va b.boshqa Ushbu tarmoqqa qad. liviya tillari va guanch (Kanar o.lari) kabi ulik tillar ham kiradi. Kushit tarmogʻiga kiruvchi tillar, asosan, Efiopiya va Somalida, shuningdek, Keniya, Tanzaniya, Uganda, Sudan va b.boshqa Shim.Sharqiy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (50 dan ortiq til va lahjalar). Soʻzlashuvchilar soni 30 mln. kishiga yaqin. Bu tarmoqda somali, oromo, badaviya, sidamo, afarsaxo kabilar yirik tillar hisoblanadi. Chad tarmogʻi 150 dan ortiq til va lahjalarni qamrab oladi va 3 guruhga: gʻarbiy chad, markaziy chad, sharqiy chad guruxdariga boʻlinadi. Markaziy Sudanda, Nigeriya, Kamerun va Chad Respublikasining Chad koʻli atrofidagi hududlarida qoʻllanadigan mazkur tillarning eng yirigi xausa boʻlib, u qabila va elatlararo aloqa vositasi ham hisoblanadi (unda 30 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi). Umuman, chad tillarida 40 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi.
 
Mazkur tasnif bir kadar nisbiydir, chunki mazkur tillar paydo boʻlish davri, oʻzaro yaqin aloqalarning yoʻqolishi, turli sabablar bilan boshqa tillar qurshovi va taʼsirida qolishi tufayli birbirlaridan ancha uzokdashib ketganlar. Olib borilgan qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar faqat 1000 ga yaqin soʻz oʻzaklarining S.h.tSom-hom tillarit. uchun umumiy boʻla olishini koʻrsatgan. Hoz.Hozirgi kunda "Somhom tillari" yoki "Homsom tillari" (rivoyatlarga koʻra, Nugʻ alayhissalomning oʻgʻillari Hom va Som nomidan) termini umumiy tilshunoslikda eskirgan hisoblanib, uning oʻrnida "Afroosiyo tillari" ("AfrikaOsiyo tillari") termini qoʻllanmoqda. S.h.tSom-hom tillarit. ning boshqa xususiyatlari haqida tegishli maqolalarda maʼlumot berilgan (q. [[Arab tili]], [[Amhara tili]], [[Barbar tili]], [[Ivrit]], [[Kushit tillari]], [[Misr tili]], [[Oromo tili]], [[Somali tili]], [[Xausa]]).
 
== Adabiyot ==
Qator 10:
Abduvahob Madvaliyev.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}